36
Tugallanmagan ishlab chiqarish bevosita ishlovda (ish joylarida) joylashgan
mehnat buyumlaridan iborat. Shunday qilib, ular ham, yarim tayyor mahsulotlarga
o‘xshab, ba’zibir ishlov bosqichlarini o‘tashi bilan hali tayyor mahsulotga
aylanmagan mehnat buyumlaridan iborat bo‘ladi. Lekin, yarim tayyor mahsulotlar
mazkur sexda barcha ishlovlardan to‘la o‘tgan bo‘lsa, tugallanmagan ishlab
chiqarishda joylashgan mehnat buyumlari bu erda hali ishlanishi lozim bo‘ladi.
Muomaladagi mablag‘lar bu muomala buyumlari, pul mablag‘lari, hisob -
kitobdagi mablag‘lar (debitorlik qarzlari) va xizmat qiluvchi mablag‘lardan iborat.
Muomala buyumlari korxonada ishlab chiqarilgan va sotish uchun
mo‘ljallangan tayyor mahsulotdan iborat. Joylashgan joyga qarab muomala
buyumlari ombordagi tayyor mahsulot va ortib jo‘natilgan tovar (tayyor
mahsulot)ga bo‘linadi. Ortib jo‘natilgan tovarlarni muomala buyumlariga
qo‘shilishining boisi shundaki, xaridor uning uchun pul to‘lagunga qadar (kassa
usulida) ular mazkur korxonaning mulki hisoblanadi. Hisoblash (nachislenie)
usulidan foydalanganda xaridorlarga ortib jo‘natilgan mahsulot uni ishlab
chiqaruvchi korxonaning mulki bo‘lmay, balki sotib oluvchi korxonaning mulki
hisoblanadi va to‘lovning yo‘qligi debitorlik qarzning yuzaga kelganligini
anglatadi. Ushbu holda mazkur obyekt muomala doirasidan hisob-kitobdagi
mablag‘larga o‘tadi.
Muomala sohasiga xizmat qiluvchi mablag‘lar shu sohada xizmat qiladigan
har xil binolar, asbob-uskunalar va inventarlardan iborat. Bunday mablag‘larga
tayyor mahsulot omborlarining binolari, ushbu ishlab chiqarish korxonasiga
qarashli savdo imoratlari, shu bino va imoratlardagi asbob-uskunalar (tarozilar,
sovituvchi qurilmalar, tokchalar, hamda shu erda joylashgan xo‘jalik
inventarlarining buyumlari - stollar, stullar, shkaflar va hokazolar) kiradi.
Noishlab chiqarish sohasidagi mablag‘larga mazkur korxona ixtiyoridagi uy-
joy xo‘jaligi, madaniy - maishiy maqsadlarga mo‘ljallangan va sog‘liqni saqlash
vositalari kiradi. Bular turar-joy binolari, kino-teatrlar, bolalar bog‘chalari va
yaslisi, bolalar oromgohi, bolalarning dam olish joylari, hammomlar, kir yuvish va
sartaroshxonalar, ambulatoriyalar, tibbiyot punktlari, binolarin, shu binolarda
(korxonaga qarashli) joylashgan asbob-uskunalar va inventar hamda ulardan
foydalaniladigan (korxonaning mulkini hosil qiladigan) materiallar, dori-
darmonlardan iborat. Bu mablag‘larning barchasi korxona xodimlariga xizmat
qilish hamda ularga zarur bo‘lgan maishiy sharoitlarni yaratish uchun
mo‘ljallangan.
Buxgalteriya hisobida kapital ikkiga ajratib hisobga olinadi: aktiv
(harakatdagi) kapital va harakatdagi aktiv kapitalning manbaini ko‘rsatuvchi passiv
kapital.
Dostları ilə paylaş: