O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al­-xorazmiy nomidagi



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə2/6
tarix28.01.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#122703
1   2   3   4   5   6
Namuna loyixa ishi uchun

I. NAZARIY QISM
1.1. O’zgaruvchilar turlari, obektlar
C++ tili Byarn Straustrup tomonidan 1980 yilning boshlarida ishlab chiqilgan. C++ tilida yaxshi dastur tuzish uchun “aql, farosat va sabr” kerak boʻladi. Bu til asosan tizim sathida dasturlovchilar uchun yaratilgan. C/C++ algoritmik tilining alifbosi:
1. 26 ta lotin harflari(katta va kichik);
2. 0 dan 9 gacha boʻlgan arab raqamlari;
3. Maxsus belgilar: - + * / : ; . , % ? ! = “” № <> { } [ ] ( ) $ # & ^ va h.k.
Dastur bajarilishi jarayonida oʻz qiymatini oʻzgartira oladigan kattaliklar oʻzgaruvchilar deyiladi. Oʻzgaruvchilarning nomlari harfdan boshlanuvchi harf va raqamlardan iborat boʻlishi mumkin. Oʻzguruvchilarni belgilashda katta va kichik harflar bir biridanfarq qiladi(A va a harflari 2 ta oʻzgaruvchini bildiradi). Har bir oʻzgaruvchi oʻz nomiga, tipiga, xotiradan egallagan joyiga va son qiymatiga ega boʻlishi kerak. Oʻzgaruvchiga murojaat qilish uning nomi orqali boʻladi. Oʻzgaruvchi uchun xotiradan ajratilgan joyning tartib raqami uning manzili hisoblanadi. Oʻzgaruvchi ishlatilishidan oldin u aniqlangan boʻlishi lozim.
Oʻzgaruvchilarning son qiymatlari quyidagi koʻrinishda yoziladi:
Butun tipli oʻnlik sanoq tizimida: ular faqat butun sondan iborat boʻladilar.masalan: 5; 76; -674 va h.k.
Sakkizlik sanoq tizimidagi sonlar: 0 (nol)dan boshlanib, 0 dan 7 gacha boʻlgan raqamlardan tashkil topadi. Masalan: x=0453217;
char belgi tipi uning oʻzgarish intervali 0 dan 255 gacha yoki apostrof ichidagi ixtiyoriy 1ta simvol. xotiradan 1 bayt joy oladi. Simvollar ASCII kodlariga mos keladi. (ASCII – American Standart Code for Information Interchange).
Butun tipli oʻzgaruvchilar: int. Masalan: int a, i, j ; Bu yerda dasturda ishlatilayotgan a, i, j oʻzgaruvchilarining tipi butun ekanligi koʻrsatildi. Bu tipdagi oʻzgaruvchilar 2 bayt joy egallaydi. Ularning oʻzgarish oraligʻi: -32768 dan +32767 gacha; (Hozirgi 32 razryadli kompyuterlarda 4 bayt joy oladi va oraligʻi 2 marta oshgan)
Butun tipli katta (uzun) oʻzgaruvchilar: long. Masalan: long s, s2, aa34; Bu tipdagi oʻzgaruvchilar 4 bayt joy egallaydi. Ular – 2147483648 dan +2147483647 gacha bo‘lganoraliqdagi sonlarni qabul qilishi mumkin.
Ishorasiz butun oʻzgaruvchilar: unsigned short – 2 bayt joy oladi,oʻzgarish oralig‘i 0 dan 65535 gacha; unsigned long – 4 bayt joy oladi, oʻzgarish oralig‘i: 0 dan 4294967295 gacha; unsigned char – 1 bayt joy oladi, oʻzgarish oralig‘i 0 dan 255 gacha
Haqiqiy tipdagi oʻzgaruvchilar: float. Masalan: float a, b: Bu yerda dasturda ishlatilayotgan a, b oʻzgaruvchilarining tipi haqiqiy ekanligi koʻrsatilgan. Bu tipdagi oʻzgaruvchilar 4 bayt joy egallaydi va qabul qilish chegarasi 10-38 dan 10+38 gacha.
Katta yoki kichik qiymatli oʻzgaruvchilarni ifoda etishda double tipi ishlatiladi. Ular uchun 8 bayt joy ajratiladi va qabul qilish chegarasi 10-304 dan 10+304 gacha.
Juda katta yoki juda kichik qiymatli oʻzgaruvchilar uchun long double tipi ishlatiladi, u 10 bayt joy oladi va qabul qilish chegarasi 3.4*10-4932 dan 1.1*10-4932 gacha.
Qator tipidagi oʻzgaruvchilar uchun ham char tipi belgilangan. Ular ham

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin