Yasli yoshidagi bolalar uchun quyidagi kiyimlardan foydalaniladi : qizlar
uchun - uyda kiyiladigan ko’ylakchalar, xalatlar sarafanchalar, kofta - tursiklar ;
o’g’il bolalar uchun- har xil kostyumlar, ko’ylak - shimlar kiygiziladi.Havo issiq
bo’lganda chitdan yasalgan yengil kiyimni bir-ikki qavat kiygizish yetarli . Salqin
havoda esa, bolaga 2-3 qavat yumshoq pahmoqdan tikilgan kiyim kiygizish kerak .
Sovuqda kiyimi 4 qavatdan kam bo’lmasligi va bunda palto yoki kurtka kiydirish
kerak .
BOLANING OYOQ KIYIMI. Bolani oyoq kiyimi qulay, yengil, oyoq kaft o’lchamiga va ob- havoga
moslashgan bo’lib, yengil, oson kiyiladigan, qattiq tag charmli va poshnasiz
bo’lishi kerak. To’g’ri tanlangan oyoq kiyimi, tovonini qirilishini, qiyshayishini va
yassi tovon bo’lib qolishini oldini oladi. Bola oyog’ining o’sishiga mos ravishda
almashtirilmagan oyoq kiyimi barmoqlarining qiyshayishiga olib keladi.
Yozda eng to’g’ri keladigan oyoq kiyimlar yengil, charmdan qilingan
shippak yoki dastaksiz oyoq kiyimi bo’lishi mumkin. Sovuq vaqtda etikcha tag
charmli yoki kalish bilan kiyiladigan jun etik (valenka) kiyish maslahat beriladi .
Rezinkadan yasalgan oyoq kiyimini kiyganda ob-havo sharoitidan qat'iy nazar bola
jun paypoq kiyish kerak. Rezinkadan yasalgan oyoq kiyimi ehtiyotkorlik bilan
kiyiladi.
Bolalar tabiiy ehtiyojlarini qondiri s
hda ularga yordam berish. Bolaning 6 oylik davridan keyin tabiiy ehtiyojini qondirish uchun tuvakka
o’tirishni o’rgatishdan boshlash kerak. Har bir bolaga uyda va bolalar bog’chasida
yoki shifoxonada uning o’ziga alohida tuvak bo’lishi kerak. Bunday tuvaklar
belgilangan bo’lib, belgilar bola karavoti nomeriga mos kelishi shart.
Bolani tuvakka o’tkazishdan oldin uni isitish uchun issiq suv bilan chayish
kerak. Bola siygandan va ichi kelgandan keyin hamshira yoki tarbiyachi tuvakning
ichidagiga qarab, uni baholashi kerak. Chunki siydik va najasning rangi, hidi va
konsistensiyasi o’zgarishi mumkin.Bolada yuqimli kasallik bo’lishi mumkin. Najas
va siydik yuqumli kasallikka xos xususiyati bo’lganligidan shubhalaganda tuvak
ichidagi narsa bilan dezinfeksiya qiluvchi eritma bilan ivitish, ya'ni 10-20% xlorli
ohak yoki 3%-xloramin eritmasida bir soatgacha ushlab turiladi, keyin
kanalizatsiyaga to’kib yuborish mumkin.
45
Tuvaklarni yaxshilab issiq suvda «gigiyena» yoki «lotos» poroshoklari bilan
yuvib, 0,5%-xlor, ohak eritmasiga 1 soatga ivitilgandan keyin, oqayotgan suvda
chayiladi va xojatxonadagi tokchalarda saqlanadi.