87
tartibda bemorga oshxonada ovqatlanishga , xojatxonaga mustaqil borishga, vaqti-
vaqti bilan sayr qilishga ruxsat beriladi.
Yurak -qon tizimi bilan og’rigan bemorlarni ovqatlantirish
.
Yurak-qon tizimi bilan kasallangan bemorlarni ovqati sifatli, vitaminlarga
ayniqsa S va V gruppasiga kiruvchi vitaminlarga boy bo’lishi kerak.Hamshira
kundalik ichilgan suv va chiqarilgan siydik miqdorini aniqlab boradi,( sutkalik
diurez) shu orqali bemorning shishish dinamikasi aniqlanadi. Ichiladigan suyuqlik
tarkibiga suyuq ovqatlar kiritiladi, har kungi siydikni bir idishga yig’ib o’lchanadi.
Yurak-qon tomir tizimi kasalliklarida 10- taomnoma beriladi. Osh tuzi, suyuqliklar,
hayvon tuzlari chegaralanadi.Ovqatlar tarkibida siydik haydovchi mahsulotlarni
ishlatish, ichiladigan suyuqlik, osh tuzi ba'zan esa oqsil va yog’li mahsulotlarning
ham kamaytirish yo’li bilan kundalik ovqatlanish ratsionlari tuziladi. Qisqa vaqtga
bemorga beriladigan ovqat miqdori juda ham cheklab qo’yiladi. Kundalik ratsionni
faqat olma, suzma , sut va shunga o’xshash mahsulotlar tashkil etadi. Oqsili kam
bo’lgan kam kaloriyali mahsulotlarni faqat qisqa kunga beriladi. Ovqatni kuniga
kichik portsiyalarda 5-6 marta berish kerak. Oxirgi ovqatlanish yotishdan avval 3
soat oldin bo’lishi kerak. Ovqat tarkibiga yog’siz go’sht va uglevodi ko’p bo’lgan
mahsulotlar kiritiladi( shakar, murabbo, kisel) mevalar, V-S vitaminlari.
Dostları ilə paylaş: