6.2. To‘lov texnologiyalarining ta'rifi (Visa kartalariga xizmat ko‘rsatish misolida) 3D-Secure texnologiyasi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun Karta Egasi uning xalqaro
Kartasi mobil telefonga biriktirilishi vositasida qo‘chimcha autentifikatsiyalanishi, ya'ni Verified
by Visa dasturining ishtirokchisiga aylanishi mumkin.
Internet tarmog‘ida tranzaksiyani amalga oshirish vaqtida do‘kon, markazlashgan resursiga
(Ekvayerning to‘lov serveri) tranzasiyaning asosiy ko‘rsatkichlarini yuborayotganda karta egasi
yuqorida keltirilgan dasturning ishtirokchisi ekanligini aniqlash maqsadida to‘lov serverining Visa
ning maxsus tizimi bilan aloqasini hosil qiladi.
Tasdiqlovchi javob qaytgan holatda Emitentga Karta Egasini autentifikatsiyalashga so‘rov
yuboriladi. Ushbu so‘rov emitentga bank-emitent autentifikatsiya tizimining web-manziliga
ulangan ko‘rsatkichlar qatori ko‘rinishida yuboriladi (ko‘rsatkichlar xaridorning brauzeriga
yuboriladi). Bu bilan xaridor o‘z Emitentining autentifkatsiya tizimiga qayta yo‘naltiriladi.
Tranzaksiyani amalga oshirish vaqtida mijozning mobil telefoniga autentifikatsiya kodiga ega
SMS-xabar yuboriladi, bunda mijoz SSL shifri protokoli bilan himoyalangan maxsus
web-sahifaga tushadi, bu yerda undan olingan kodni kiritish (autentifikatsiyalanish) talab etiladi.
Karta Egasining shaxsi tasdiqlanganidan so‘ng Emitentning autentifikatsiya tizimi mazkur
kelishuvni tasdiqlovchi imzo rolini bajaradigan maxsus noyob raqamli qiymat hosil qilinadi.
Ushbu imzo to‘lov serveriga yuboriladi va keyin avtorizatsiyalangan so‘rovning bir qismiga
aylanadi, uni do‘kon (to‘lov serveri) o‘zining Ekvayeriga yo‘naltiradi, u esa, o‘z navbatida,
avtorizatsiyalangan so‘rovni bank-emitentga yuboradi. Imzoni tekshirib, kartaning to‘lovga
qodirligiga ishonch hosil qilgach Emitent tranzaksiyani yakunlaydi (ruxsat beradi). Shunday qilib,
Emitent karta egasini to‘lov o‘tkazilgan onda autentifikatsiyalaydi va real vaqt rejimida virtual
do‘konga xaridor haqiqatdan karta egasi hisoblanishi yoki hisoblanmasligi haqida xabar beradi.
Mazkur sxema tufayli Visa xalqaro kartalari bo‘yicha hisob-kitoblar iste'molchi nizolari va
kelishuvni amalga oshirishdan bosh tortish kabi holatlardan himoyalnadi.
Internetda to‘lovni amalga oshirishning alohida bosqichlari 2-rasmda ko‘rsatilgan.
Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi