"O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" aj da yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga kompleks bank xizmatlarini ko‘rsatish ommaviy ofertasi



Yüklə 3,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/139
tarix26.11.2023
ölçüsü3,08 Mb.
#135635
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   139
Ommaviy oferta shartnomasi

 
6.1.
 
To‘lov ishtirokchilarining autentifikatsiyasi 
Loyiha doirasida qo‘llab-quvvatlanadigan, Internet tarmog‘ida tovar va xizmatlar uchun to‘lovni 
amalga oshirish texnologiyasi Visa (Visa 3D-Secure spetsifikatsiyasi, Verified by Visa marketing 
dasturining nomi) va MasterCard (SPA/UCAF spetsifikatsiyasi, MasterCard SecureCode 
marketing dasturining nomi) kabi XTT ning joriy spetsifikatsiyalariga asoslanadi. 
Internetda elektron kelishuvlarning xavfsizlikning zarur darajasini ta'minlash, firibgarlik 
operatsiyalari va ishtirokchilarning moliyaviy yo‘qotishlarini oldini olish maqsadida ikkala 
spetsifikatsiya ham bir asosiy prinsipga asoslanadi
- to‘lov ishtirokchilarining o‘zaro autentifikatsiyasi. Ushbu prinsip uch domen modelidan 
foydalanib amalga oshirilgan (1-rasmga qarang). 
1-rasm. Uch domen modelidan foydalanib 3D-Secure protokoli bo‘yicha autentifikatsiyani 
amalga oshirish
Keltirilgan domenlardan har birining vazifasi quyidagicha: 
Emitentning domeni 
(Issuer domain) - uning vazifasi avtorizatsiyani amalga oshirish, 
ya'ni kartaning to‘lovga qodirligini tekshirishdan oldin mazkur kartani chiqargan bank-emitent 
xaridor - ushbu karta egasining autentifikatsiyasini amalga oshirishi, bu bilan xaridor shaxsini 
tasdiqlashidan iborat. Yakunda - autentifikatsiya va butun tranzaksiyaning haqiqiyligi uchun 
barcha javobgarlik bank-emitent zimmasiga yuklatiladi. 
Ekvayer domeni
(Acquirer domain) - uning vazifasi xizmat ko‘rsatayotgan bank mazkur 
xizmat ko‘rsatuvchi bankning o‘zi tomonidan belgilangan qoida va usullar asosida o‘zining savdo 
nuqtasini autentifikatsiyasini amalga oshirishidan iborat (ya'ni bunday holatda elektron do‘konni 
autentifikatsiya qilganlik uchun butun javobgarlik savdo nuqtasiga xizmat ko‘rsatayotgan bank 
zimmasiga yuklatiladi). 
O‘zaro ishlash domeni
(Interoperability domain) - uning vazifasi Emitent va Ekvayer 
domenlari o‘rtasida ushbu domenlarga bir-birining o‘zaro autentifikatsiyasini kafolatlovchi 
ma'lumot almashinuv qoidalari va jarayonlarini aniqlashdan iborat. Ko‘rsatilgan domen XTT 
tomodanidan qo‘llab-quvvatlanadi.
 


Hujjat https://nbu.uz/about-bank/standart-contracts/ veb-saytida joylashtirilgan: Bosh sahifa–Bank toʻgʻrisida–Shartnomalar namunalari –Ommaviy oferta shartnomasi
Karta Egasi emitent domenida, savdo va servis korxonasi esa ekvayer domenida 
joylashgan, ular o‘z navbatida o‘zaro ishlash domeni bilan o‘zaro ishlaydi. 
Shunday qilib, uch domen modeli (3D) tranzaksiya ishtirokchilarining autentifikatsiya 
jarayonini alohida sohalarga bo‘lib, barcha elektron tijorat protokollari to‘plamini cheklaydi, bu 
bilan tranzaksiya ishtirokchilari o‘zaro ishlashining ehtimoli bo‘lgan barcha algoritmlaridan ba'zi 
ko‘pligini aniqlaydi. 
Shuningdek, Emitent va Ekvayer domenlarining ichida autentifikatsiya jarayonlari mos 
ravishda bank-emitent va bank-ekvayer tomonidan aniqlanishini aytib o‘tish joiz. XTT shunchaki 
Interoperability Domain domenida ish qoidalarini aniqlaydi, u orqali, yuqorida aytib o‘tilganidek, 
mijoz va savdo nuqtasi o‘rtasida ishlar amalga oshiriladi. Ya'ni uch domenlar modeli 
tranzaksiyaning barcha ishtirokchilari autentifikatsiyasi jarayonida ularning javobgarligini 
aniqlaydi (o‘z o‘rnida bo‘lib beradi). 
Ko‘rib chiqilayotgan modelning asosiy va yaqqol ustunligi Emitent o‘z mijozining 
autentifikatsiyasini o‘ziga qulay bo‘lgan istalgan usulda amalga oshirish imkoniyatiga ega 
bo‘lishida. 

Yüklə 3,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin