morfemikasining asosiy aspektlari va ularning munosabati” (1992)
monografiyasi va shu mavzuga bag`ishlangan doktorlik dissertatsiyasi (1994), Y.
Tojiyevning “O`zbek tili morfemikasi” (1992) qo`llanmasi va Azim Hojiyevning
shu sohaga doir tadqiqotlari muhim ahamiyatga ega.
E. Begmatov o`zining 10 ga yaqin monografik ishida o`zbek ismlari,
familiya va ota ismlar, laqab va taxallus kabi birliklar bilan bogliq o`zbek tili
antroponimikasining dolzarb masalalarini atroflicha tadqiq etdi.
1
E.Begmatovning “O`zbek tili antroponimikasi” (Тошкент: Фан, 2013. –
264 б.) nomli monografiyasi nashr etildi. Unda o`zbek tili onomastikasining,
xususan, antroponimikasining asoschisi, yirik va mashhur tadqiqotchisi bo`lgan
olimning yarim asrlik sinchkov izlanish va kuzatishlari, shu davr davomida
yuzaga kelgan ilmiy-nazariy qarashlari, xulosalari o`z mujassamini topgan.
Monografiya turkiy tillar tadqiqida ham alohida ahamiyatga ega bo`lib,
uning ―Turkiy tillar antroponimiyasining o`rganilishi‖ nomli bo`limda qozoq,
boshqird, ozarbayjon, qirg`iz, tatar antroponimikasiga oid tadqiqotlar tahlil qilin-
gan, ularning yutuqlari va ayrim kamchiliklari ko`rsatilgan.
Xullas, monografiyada o`zbek tilining boy va serqirra merosi – o`zbek
ismlarining
lisoniy,
sotsiolingvistik,
etnolingvistik,
nominativ-motivatsion
xususiyatlari nazariy hamda amaliy yo`nalishda chuqur va mukammal tadqiq
1
Бегматов Э., Улуқов Н. Ўзбек тили ономастикаси (библиографик кўрсаткич). – Наманган, 2008.
68
etilgan. Monografiya o`zbek antroponimikasining yutuqlari, muammo va
vazifalarini o`zida umumlashtirgan yirik fundemental tadqiqotdir.
O`zbek leksikografiyasining XX asrdagi rivojiga A. Zohiriy, A. Qodiriy,
Y.D. Polivanov, A.K. Borokov, K.K. Yudaxin, V.V. Reshetov, S. Ibrohimov, O.
Usmonov, Z. Ma’rufov, S. Akobirov, R. Abdurahmonov, Sh. Rahmatullayev, N.
Mamatov, A. Hojiyev, T. Aliqulov, G.N. Mixaylov, S.S. Kim va boshqalar
munosib hissa qo`shdilar.
O`zbek tili leksikografiyasi taraqqiyotida A.Hojiyevning “Tilshunoslik
Dostları ilə paylaş: |