xususiyat, harakat-holatlarni inson ―o`z tanasidan o`tkazib‖, o`ziga xos nigoh
tarzidan kelib chiqib, go`yo o`ziga nisbatlab baholaydi va nomlaydi, mazkur
metaforalarning asosida inson turganligi ko`rinib turibdiki, ularning mohiyat-
mantig`ini insondan tamoman ajratib izohlash g`oyatda mushkul ekanligini
Tilning ana shunday obyektiv xususiyatiga muvofiq ravishda tilni tadqiq
qilishda va tushuntirishda inson fenomini asosiy o`rinda turishi, til esa inson
Гумбольдт. Избранные труды по языкознанию. – М.: Прогресс, 1984. – С. 68, 167, 303, 317, 319, 324.
Радбиль Т.Б. Основы изучения языкового менталитета. – М.: Флинта: Наука, 2009. – С. 89.
74
shaxsini, demakki, millat, xalq tushunchalarini tarkib toptiruvchi bosh unsure deb
qaralishi zarur. Mutaxassislar taniqli rus adibi S.Dovlatovning ―inson
shaxsiyatining 90 foizini til tashkil qiladi‖, degan hikmatomuz gapini tilga oladilar.
V.A.Maslova ta’kidlaganiday, inson aqlini, insonnning o`ziday, tildan va nutq
yaratish hamda nutqni idrok qilish qobiliyatidan tashqarida tasavvur etib
bo`lmaydi. U o`rinli ko`rsatib o`tganidek, keyingi o`n yilliklarda hozirgi
tilshunoslikda mazkur paradigma doirasida shakllangan kognitiv tilshunoslik va
lingvokultrologiya (lisoniy madaniyatshunoslik) yo`nalishlari tildagi madaniy omil
va insondagi lisoniy omilga qaratilgan bo`lishi lozim. ―Lingvokultrologiya tilni
madaniyat hodisasi sifatida o`rganadi. Bu dunyoni milliy til mentallikning
ifodachisi sifatida ishtirok etadi‖.
1
Bugun lingvokulturologiya rus va boshqa xorijiy tilshunoslikda alohida
lingvistik yo`nalish sifatida shakllandi va rivojlanib bormoqda, o`quv fani sifatida
filologik oliy ta’lim tizimiga kirib ham bo`ldi. Mamlakatimizda ham
antropolingvistik, xususan, lingvokulturologik yo`nalishdagi tadqiqotlar, asosan,
qiyosiy aspektda bo`lsa-da, boshlangan. Lingvokultrologiyani o`quv fani sifatida
filologik ta’limga olib kirish yurtimizda yetuk filolog-mutaxassislar tayyorlash
ishiga foyda keltirishini ta’kidlamoq joizdir.
Til dunyoni o`ziga xos tarzda ko`rish, bilish, idrok etish va anglash, ayni
paytda boshqalarga tayinli ta’sir etishning qudratli quroli ekan, bu qurolga
chinakam va sadoqatli sohib bo`lmoq insonlik rutbasi va yagona qavmlik
tuyg`usining tirikligi uchun mustahkam zaminidir. Til millatning tafakkur tarzini,
taxayyul intizomini tayin etar ekan, bu tarz va intizomning barqarorligi, demakki,
odam bolasining aqliy va ruhiy kamoloti shu tilga muhabbat bilan poydordir.
―Milliy ong‖, ―milliy tafakkur‖, ―milliy madaniyat‖, milliy ma’naviyat‖, ―milliy
mentalitet‖, ―milliy xarakter‖ kabi bugun keng iste’molda bo`lgan juda ko`plab
zalvorli istilohlarning mantiqiy mag`zini, tabiiyki, til tashkil etishi haqiqatdir. Ana
shularga ko`ra ham til – bemisl ne’mat, muhtasham sinoat, mustahkam xilqat.
1
Маслова В.А. Лингвокультурология. – М.: Academia, 2001. – C. 8.
75
Bugun o`zbek tili o`ttiz bir millionli O`zbekistonning ardoqli tilidir. Chorak
asrdirki, bu til mustaqil mamlakatning davlat tili sifatida, millatidan qat’i nazar,
barcha fuqarolarni birlashtirib, jipslashtirib keladi. Go`zal yurtimizning buyuk
kelajagini barpo etmoq mas’uliytatini yelkaga olgan barcha vatandoshlarimiz
konstitutsiyamiz, bayrog`imiz, gerbimiz, madhiyamiz kabi mustaqil davlatimizning
muqaddas timsollaridan biriga aylangan o`zbek tiliga ehtirom ko`rsatadilar.
Yurtboshimiz rahnamoligida shakllangan odil va xolis til siyosati bois ko`p millatli
mamlakatimizda barcha tillarning rivoji va o`rganilishi uchun tegishli sharoit
yaratilgan, bugungi kunda maktablarda ta’lim yeti tilda olib borilmoqda, bir qator
tillarda ommaviy axborot vositalarining faoliyati yo`lga qo`yilgan. Turli millat
vakillari tomonidan milliy ma’naviyatning asos ustuni sifatida ona tili va ayni
paytda muqaddas timsol sifatida davlat tilini o`rganish yurtimizdagi adolatli til
siyosatining namoyonidir.
1
Dostları ilə paylaş: