O’zbekiston respublikasi



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/45
tarix01.01.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#107638
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
ozbekiston respublikasining til siyosati

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

77 


Umumiy  xulosalar 

 

1.  Tillar  ijtimoiy  mavqeiga  ko`ra  rasmiy  til  va  davlat  tillariga  ajratiladi. 

Davlat  tili  maqomi  rasmiy  tildan  yuqoriroq  mavqega  ega.  Davlat  tili  ma’lum 

davlatning  siyosiy-ijtimoiy  va  madaniy  doirasida  bir  qator  ijtimoiy  vazifalarni 

bajaruvchi va shu davlatning ramziy belgisi hisoblanuvchi tildir. 

2.  Mustaqillikka  erishgan  O`zbekiston  davlati  dastlabki  qadamlaridanoq, 

o`zining  til  siyosatini  respublikaning  mustaqilligi,  madaniy  hamda  mafkuraviy 

platformasining  asosiy  bo`g`inlaridan  biri  deb  bildi  va  uni  qonun  hamda  qarorlar 

bilan  mustahkamladi.  Natijada,  davlat  tili  maqomi  berilgan  o`zbek  adabiy  tili 

respublikadagi  ijtimoiy-siyosiy,  madaniy-ma’naviy,  iqtisodiy-xo`jalik,  ma’rifiy-

tarbiyaviy  sohalarning  barchasida  ish  yuritish  va  muloqotning  asosiy  quroliga 

aylandi.  O`zbek  tiliga  nisbatan  har  qanday  cheklashlarga,  tazyiq  o`tkazish  va 

mensimay qarashlarga chek qo`yildi. Bu o`zbek xalqi ozru qilib kelgan, o`zbek tili 

asrlar  davomida  erisha  olmay  kelayotgan  ulug`  imkoniyat,  mislsiz  tarixiy  yutuq 

bo`ldi. 

3.  Milliy  til  yashasagina  milliy  davlatchilik,  madaniyat  rivojlanadi,  millat 

o`zligini  anglay  oladi.  Har  qanday  davlatda  milliy  o`zligini  anglash  qanchalik 

yuqori bo`lsa, tilga e’tibor shunchalik oshadi. 

4.  O`zbek  tiliga  davlat  tili  maqomi  berilgandan  keyin  u  ehtiyoj  doirasiga 

kirdi.  Unga  nafaqat  mutaxassislar, balki  keng  jamoatchilik  amaliy  zarurat  yuzasi-

dan yondosha boshladi.  

5.  O`tgan  yillar  davomida  tilimiz  taraqqiyoti  va  ravnaqi  borasida  salmoqli 

yutuqlarga  erishildi.  Ijtimoiy-siyosiy,  madaniy,  ilmiy    doirada  o`zbek  tilining 

mavqei ortdi, tiklandi, qo`llanish doirasi kengaydi. 

6.  Mustaqillik  yillarida  mamlakatimizda  yuz  bergan  islohotlar,  boshqa 

xalqlar  va  davlatlar  bilan  siyosiy,  iqtisodiy,  ilmiy  va  madaniy  aloqalar  natijasida 

o`zbek  tili  lug`at  tarkibi  yuzlab  xorijiy  o`zlashma  so`zlar  bilan  boyidi  va  boyib 

bormoqda. Bu tilning jamiyat bilan bog`liqligining yorqin ifodasidir. 




 

78 


7.  Rasmiy  uchrashuv  va  suhbatlar,  muzokaralarda  tilimizning  o`rni  va 

ahamiyati  tobora  ortib  bormoqda.  Nufuzli  xalqaro  anjumanlar,  sport  tadbirlarida 

o`zbekcha  terminlar  va  so`zlar  yangramoqda.  Chet  ellarda  o`zbek  tilida  kitoblar, 

gazeta  va  jurnallar  nashr  etilmoqda,  o`zbek  tilini  o`rganuvchilar,  unga  qiziquv-

chilar  ortib  bormoqda.  Internet  tarmog`ida  o`zbek  tilidagi  saytlarning  tobora 

ko`payib borayotgani, ulardan dunyoning turli nuqtalarida millionlab odamlar keng 

foydalanayotgani tilimizning xalqaro miqyosidagi mavqei yuksalib borayotganidan 

dalolatdir. 

8.  O`zbekiston  Respublikasi  til siyosatida  mamlakatimiz  hududida  yashov-

chi  millat  va  elatlarning  tillariga  hurmat  bilan  munosabatda  bo`linganligi,  ularni 

rivojlanishi  uchun barcha  shart-sharoit yaratilganligi eng ijobiy jihatlardan biridir. 

9.  O`zbekiston  Respublikasi  til  siyosatining  uzviy  qismlaridan  bo`lgan 

istiqlol davri toponimik siyosati joy nomlarining milliylashuvi va me’yorlashuviga 

asos  bo`ldi,  miqdoran  boyishiga  hamda  nomlarning  tarixiy  shakl  va  variantlarini 

iste’molga qaytishiga xizmat qildi. 

10.  Mamlakatimizning  jahon  hamjamiyatiga  yanada integratsiyalashuvini 

ta’minlash  maqsadida  chet  tillarni,  xususan,  ingliz  tilini  o`qitishning  kompleks 

tizimi yaratilib, amalda keng joriy etilayotgani ham til siyosatining ustuvorligidan 

dalolatdir.  

11.  Jamiyatning  rivojlanishini  ta’minlashda,  davlatimizning  mustaqilligini 

mustahkamlashda davlat tilining siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy ahamiyati 

ulkan. Uning asosida barkamollik, ma’naviyat, tafakkur, qolaversa, insonparvarlik, 

vatanparvarlik, baynalmilallik tarkib topadi.  

12.  O`zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  ―Alisher  Navoiy  nomidagi 

Toshkent  davlat  o`zbek  tili  va  adabiyoti  universitetini  tashkil  etish  to`g`risida‖gi 

Farmonini  kelgusida  ona  tilimiz  va  adabiyotimiz  –  o`zbek  tili  va  adabiyotining 

taraqqiyotida yana bir yangi yuksalish davrini boshlab berdi. O`zbek tilining dunyo 

lisoniy olamida munosib o`rin olishiga asos bo`ladi. 

 


Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin