1.3.Ekstraksiyalanuvchi birikmalar va Ekstraksion jarayonlarning turlari Ekstraksiyalanuvchi moddalar turli xil bo‘lib, ular o‘z kimyoviy tuzilishi, hosil bo‘lish, organik qavatga o‘tish mexanizmi bilan farqlanadi. Ayrim ekstraksiyalanuvchi birikmalar oldin suvda hosil bo‘Isa, ayrimlari ekstraksiya jarayonida vujudga keladi. Suvda hosil bo‘luvchilar gruppasiga kovalent bog’lanishli oddiy moddalar kiradi. Ikkinchi tur birikmalarga xelatlar (bir necha halqali ichki kompleks birikmalar) misol bo‘ladi. Bulardan tashqari, elektra neytral, osongina solvatlanish qobiliyatiga ega bo’lgan ion assotsiatlari ham yaxshi ekstraksiyalanadi. Solvatlanish energiyasi qancha katta bo‘lib, gidratlanish energiyasi qancha kichik bo’lsa, ekstraksiyalanish shuncha toliq boladi. Erituvchilaming solvatlar hosil qilish qobiliyati vodorod bogianish hosil boiishi bilan bog’liq. Masalan, kovalent bogianishli oddiy birikmalar: J2, GeCl4, SbCl3, AsCl3, HgCJ2, HgJ2 va boshqalar benzolda, HC1, HBr, HJ, H N 0 3, HC104, H2S04 singari kislotalar spirtlar, ketonlar va efirlarda, HFeCl4, HInJ4, HSbCl6 singari kompleks kislotalar-kislorodli erituvchilar bilan dietilefirda yaxshi ekstraksiyalanadi. Agar ajratiladigan modda zaryadli boisa, uning zaryadini neytrallash maqsadga muvofiq. Kichik zaryadli ionlar osonroq ekstraksiyalanadi. Ekstraksiya tufayli ajratiladigan modda tarkibida gidrofil gruppalar (-S 0 3H, -COOH, -O H va boshqa) boisa, ularning gidrofobligini oshirish kerak b oiadi. Barqaror komplekslar va katta o’lchamli zarralar yengil ekstraksiyalanadi. Yomon ekstraksiyalanadigan moddalarni ajratish uchun ularni komplekslarga bog’lash maqsadga muvofiq. Ekstraksiyali eritmaning pH qiymatiga ko‘p jihatdan bog’iq (1-jadval). Bu hosil boladigan komplekslar va boshqa birikmalar barqarorliginingpH ga bogiiqligi bilan tushuntirilishi mumkin. Moddalarni ekstraksiyalash uchun qulay va selektiv erituvchilarga ekstragentlar deyiladi Ekstraksiya jarayonlari davriy (oddiy), uzluksiz, qarama-qarshi oqimli turlarga boiinadi. Muvozanat konstantasi (taqsimlanish koeffitsienti) yetarli darajada katta bo‘lsa va muvozanatning o‘matilish tezligi ham katta bo‘lib, moddani bir fazadan ikkinchisiga bir bosqichli ekstraksiya davomida toiiq o'tkazish mumkin. Erituvchining yangi ulushlari bilan tez o'matiladigan muvozanatli sistemalar uchun davriy ekstraksiyam qo'llash mumkin. Bu usul tarkibiy qismlardan biri bir fazada to'liq qolgani holda, ikkinchisi fazalar orasida tarqalganda, eng samaralidir. 1-jadval
Ayrim metall ionlarini xelat komplekslar shaklida ekstraksiyalash
Davriy ekstraksiya erigan moddani to'liq ajratishni ko'zda tutadi. Selektiv ekstraksiya bir necha tarkibiy qismlami o'zaro ajratish imkonini beradi. Agar suv fazasidagi moddani bir karra organik erituvchi bilan ekstraksiyalagandan so‘ng organik faza ajratilib, unga yangi organik erituvchi ulushi qo'shilsa (qarama-qarshi oqimli ekstraksiya deb ataladigan usul), moddani ajratish samarasi ortadi. Buni avtomatlashtirish ham mumkin. Jarayonni avtomatlashtirish uchun ko'p nayli qurilmadan foydalaniladi