Fanlarni o‘zlashtira olmaslik va uni korreksiyalash (pedagogik
123 Колесникова Г.И. Основы психокоррекции – Ростов на-Дону: Феникс, 2005. – С. 324.
tuzatish). Pedagogik tuzatish o‘quvchi shaxsida kuzatilayotgan ma’lum xususiyat (xossa, jarayon, holat)larni sinfda yoki darsdan tashqari sharoilarda pedagogik ta’sir ko‘rsatish orqali to‘liq yoki qisman o‘zgartirishga qaratilgan pedagogik faoliyat tizimi sifatida e’tirof qilinadi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “o‘zlashtira olmaslik” tushunchasi negizida ikki holat:
o‘quv fanlarini o‘zlashtira olmaslik;
ijtimoiy xulq ko‘nikmalarini o‘zlashtira olmaslik tushuniladi.
Har ikki holat ham bevosita korreksiyalash (pedagogik tuzatish)ga qaratilgan maqsadli pedagogik faoliyatning tashkil etilishini taqozo qiladi.
Fanlarni o‘zlashtira olmaslik – o‘quvchi tomonidan qayd etilgan natijalarning ta’lim, didaktik hamda DTS talablariga mos kelmasligi.
Odatda fanlarni o‘zlashtira olmaslik o‘quvchining o‘qish, hisoblash, tahlil qilish va sintezlash qobiliyatining pastligi, mantiqiy fikrlash olmaslik, fikrni og‘zaki hamda yozma bayon qila olmaslik kabilar bilan izohlanadi.
O‘quvchining doimiy ravishda fanlarni o‘zlashtira olmasligi bir qator omillarga bog‘liq. Xususan:
pedagogik nazoratning sustligi;
pedagogning o‘quvchi bilan individual ishlash tajribasining yetishmasligi; pedagogning kasbiy kompetentligining pastligi;
o‘quvchiga, uning faoliyatiga nisbatan adolatsiz yondashuv;
ota-onalarning pedagogik madaniyat, psixologik bilimlarga ega emasligi; o‘quvchida muayyan kasallik (masalan, organizmda yod moddasining
yetishmasligi bilan bog‘liq bo‘qoq kasalligi, kalsiy moddasining yetishmasligi tufayli kelib chiqadigan suyak kasalliklari, temir moddasining yetishmasligi bilan bog‘liq kamqonlik, miyaning yengil darajada jarohatlanganligi, nimjonlik va hokazolar)ning mavjudligi;
o‘quvchilar jamoasining nosog‘lom psixologik muhiti;
o‘quvchining anomal (turli og‘ishlarga asoslangan) xulq (tajovuzkorlik, giyohvand va tamaki mahsulotlari, spirtli ichimliklarga ruju qo‘yishi, jinoyat sodir etishga moyillik kabilar)ga egaligi;
o‘quvchining kamsitilishi, unga nisbatan zo‘ravonlik va ta’ziqning mavjudligi;
o‘quvchining melanxolik (ruhiy siqilish, tushkunlik, g‘amginlikka moyillik, yuqori darajadagi ta’sirchanlik, hissiyotni sus ifodalash – “ichimdagini top”lik);
sifatli ta’lim olish uchun zarur sharoitning yaratilmaganligi va boshqalar.
O‘quvchining tizimli ravishda fanlarni o‘zlashtira olmasligi o‘qituvchining pedagogik e’tiborsizligiga ham olib keladi. Pedagogik
nazoratdan chetda qolgan o‘quvchilar ko‘p holatlarda nosog‘lom psixologik muhitga ega mikro guruhlarga qo‘shilib ketadi.
Psixolog A.Gelmontning fikriga ko‘ra, fanlarni o‘zlashtira olmaslik – o‘quvchining murakkab va ko‘p qirrali faoliyati bo‘lib, uni to‘liq o‘rganish uchun
turli xil yondashuvlar talab qilinadi124. Qolaversa, fanlarni o‘zlashtira olmaslik – o‘quvchilarning mavjud tayyorgarligi maktabning majburiy talablarini bajarishga, bilim, rivojlanishning amaliy ko‘nikma va malakalarini o‘zlashtirish, ijodiy faoliyat tajribasini shakllantirish, ijtimoiy munosabat malakalariga mos kelmasligini ifodalaydi. O‘zlashtirmovchilikni o‘z vaqtida payqash va barcha elementlarini bartaraf qilish uning oldini olishga yordam beradi125.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fanlardan o‘zlashtira olmaslik boshlang‘ich sinflarda ko‘proq ko‘zga tashlanadi. Buning sababi ko‘pchilik o‘quvchilar maktab ta’limiga psixologik hamda jismonan tayyor bo‘lmaydi. Shu sababli maktabgacha ta’lim muassasalari hamda oilalarda 6-7 yoshli bolalarni ta’lim olishga, o‘qish hamda maktab hayoti bilan bog‘liq ijtimoiy talablarni bajarishga samarali tayyorlash maqsadga muvofiqdir. Bunda tashxislash natijalariga tayanish, ta’limiy muvaffaqiyatsizlikka olib keluvchi sabablarni o‘rganish va ularni bartaraf qilish choralarini belgilashga alohida e’tibor qaratiladi. Fanlarni o‘zlashtira olmaslikni bartaraf etishga oid turli nazariyalar mavjud: biologik nazariya (L.S.Slavina), ijtimoiy-genetik yondashuv (I.A.Armyanov,
P.P.Blonskiy, L.S.Vыgotskiy), ijtimoiy nazariya (Dembele Baboy).
Psixolog va pedagog olimlar o‘quvchi tomonidan fanlarning o‘zlashtira olmaslik holatini bir necha guruhlarga ajratadi. Jumladan:
Fanlarni mutlaq o‘zlashtira olmaslik (o‘quchi doimiy ravishda fanlar bo‘yicha “2” hamda “1” baho oladi; maktab o‘quv dasturining minimal talablarini deyarli bajara olmaydi) va fanlarni nisbiy o‘zlashtira olmaslik (o‘quvchi DTS talablarini qoniqarsiz ravishda bajaradi; o‘quv dasturi hamda didaktik talablarni minimal ravishda bajaradi; o‘quvchining imkoniyatlari kognitiv yuklama (o‘quv materialini nazariy jihatdan o‘zlashtira olish)ni ko‘tara oladi) (A.A.Budarniy);
Fanlarni oshkora o‘zlashtira olmaslik va fanlarni yashirin o‘zlashtira olmaslik (bu holat ko‘pincha o‘quvchining ta’lim olishga bo‘lgan munosabatini belgilaydi) (V.S.Setlin);
A – ahmoqlik olib keladigan umumiy fanlarni o‘zlashtira olmaslik;
B – umumiy (tuzatilgan va tuzatilmagan) yoki maxsus (tuzatilgan va tuzatilmagan) fanlarni o‘zlashtira olmaslik;
C – o‘quvchining qobiliyati to‘la ro‘yobga chiqarilmaganligi sababli yuzaga kelgan fanlarni o‘zlashtira olmaslik (P.P.Borisov tomonidan ingliz yozuvchisi F. Shonellning qarashlariga muvofiq asoslangan).
o‘qishdagi umumiy kechikish va ayrim fanlarni o‘zlashtirishdagi kechikish (N.P.Lokalova);
patologik irsiyat (asab va yurak kasalliklari), homiladorlikning og‘ir kechishi, ota-onalarning fanlarni yomon o‘zlashtirganligi bilan bog‘liq o‘zlashtirmovchiliklar (P.P.Blonskiy).
P.P.Borisov o‘tgan asrning 80-yillarida fanlarni o‘zlashtira olmaslikning barcha sabablarini tahlil qilgan holda quyidagi to‘rtta katta guruhga ajratadi:
124 Гельмонт А.М. О причинах неуспеваемости и путях ее преодоления. – М.: Просвещение, 2004. – С. 326.
125 Тот источник. – С. 324.
pedagogik sabablar: ayrim fanlarni o‘qitishdagi kamchiliklar, oldingi yillardagi bilimlardagi bo‘shliqlar, keyingi sinfga noto‘g‘ri o‘tish bilan bog‘liq o‘zlashtira olmaslik;
ijtimoiy va maishiy sabablar: oiladagi nosog‘lom turmush tarzi, ota- onalarning anomal (ijtimoiy axloq me’yorlariga mos kelmaydigan) xatti- harakatlari, oilaning moddiy ta’minoti, o‘quvchida kuzatilgan muayyan ruhiy holatlarning o‘z vaqtida davolanmaganligi, o‘quvchining umumiy holatiga beparvolik;
fiziologik sabablar: turli kasalliklar – umumiy salomatlikning zaifligi, yuqori nafas yo‘llari kasalliklari, yuqumli kasalliklar, markaziy asab tizimi, tayanch-harakat tizimining funksional buzilishi, asab tizimi kasalliklari.
psixologik sabablar: diqqat, xotira, tushunishning sekinligi, nutq rivojlanishi darajasining pastligi, kognitiv qiziqishning mavjud emasligi, dunyoqarashning torligi126.
Psixolog hamda pedagoglar tomonidan fanlarni o‘zlashtira olmaydigan o‘quvchilar quyidagi uch tipga ajratiladi (28-rasm):
Asosiy tiplari
O’qishga ijobiy munosabatda bo’lgani holda fikrlash qobiliyati past (diqqat, xotira, tafakkur sust rivojlangan, bilish ko’nikma, malakalari va boshqalar yaxshi shakllanmagan) o’quvchilar
O’qishga munosabati qisman yoki to’liq salbiy, biroq, fikrlash qobiliyati yuqori bo’lgan o’quvchilar
O’qishga munosabati salbiy, fikrlash qobiliyati past bo’lgan o’quvchilar
Dostları ilə paylaş: |