O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə61/183
tarix10.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#128011
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   183
педагог диагнос ва коррекция дарслик 2023 27 03

Qiyoslash funksiyasi. Pedagogik nazoratda boshlang‘ich, oraliq va yakuniy nazorat natijalarini o‘zaro qiyosiy o‘rganish, tahlil qilish ahamiyatli hisoblanadi. Ayniqsa, boshlang‘ich va yakuniy nazorat natijalarini o‘zaro qiyosiy o‘rganish o‘qituvchi faoliyati samaradorligini belgilashga yordam beradi. Zero, boshlang‘ich nazoratda qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar asosida pedagogik faoliyatning zarur yo‘nalishlarini belgilash, mavjud muammolarni bartaraf qilish hamda ijobiy omillar ta’siri kuchaytirishga harakatilgan amaliy harakatning samarasi yakuniy nazorat natijalarida o‘z aksini topadi.

  • Bashoratlash funksiyasi. Nafaqat pedagogik nazoratda, balki yaxlit ta’lim jarayoni va tizimida ham bashoratlash o‘ziga xos o‘rin tutadi. Mavjud vaziyat, uni tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni inobatga olgan holda o‘qitish hamda tarbiya jarayonida istiqbolni belgilash o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish, ularni har tomonlama yetuk shaxs sifatida tarbiyalashdan iborat pedagogik vazifaning to‘laqonli bajarilishini ta’minlaydi.




    1. Pedagogik nazorat tamoyillari. Boshqaruv jarayonining yo‘naltiruvchanlik va tartibga solish roli o‘qituvchilarning pedagogik jarayonni nazorat qilish va baholashga qaratilgan faoliyatiga rahbarlik qiluvchi tamoyillarni belgilab beradi.


    Pedagogik nazorat quyidagi ustuvor tamoyillarga muvofiq tashkil qilinadi (17- rasm):

    17-rasm. Pedagogik nazoratning ustuvor tamoyillari





    1. Ilmiylik va samaradorlik tamoyili. Pedagogik nazorat ilmiy asosga ega g‘oyalar (tamoyillar, metodlar, vositalar, texnologiyalar) yordamida tashkil etilsagina uning samaradorligini tasdiqlovchi natijalar haqqoniy sanaladi. Zamonaviy sharoitda ta’lim jarayonida nazorat ishlarini tashkil etishning konseptual (konsepsiya, rahbariy g‘oyalarning mavjudligi) asoslari (etakchi g‘oyalari, tamoyillari, mexanizmi, mazmuni, metodikasi, texnologiyasi va mezonlari) ishlab chiqilgan. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalari darajasini o‘rganish, tahlil qilish va baholash ham o‘zining sifat mezonlariga ega.

    Pedagogik nazoratni tashkil etishda ilmiylik tashxislash yoki tadqiqot ma’lumotlarining ishonchlilik mezoniga ko‘ra tasdiqlangan to‘g‘riligi, asoslanganligi, shuningdek, haqqoniylik mezoni bo‘yicha tahlil qilingan belgilangan o‘lchov birliklariga mosligi inobatga olinadi.


    1. Yüklə 1,23 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   183




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin