60
ERI tashkil qilinayotgan paytda “yuboruvchi” “M” qo‘l qo‘yilayotgan matnning h(M)
xesh−funktsiyasini hisoblab chiqadi. Ushbu xesh − funktsiyaning h(M) hisoblangan
qiymatibarcha M tekstning bir qisqa (kichik) ma’lumotning blokini tashkil etadi. Shundan
so‘ng hosil bo‘lgan “m” qiymat jo‘natuvchi tomonidan sirli kalit bilan shifrlanadi. Hosil
bo‘lgan ikki son M matnning elektron imzosi bo‘ladi.
Yuborilgan ma’lumotni elektron raqamli imzosini tekshirish uchun “qabul” qiluvchi
tomonidan m = h(M) xesh – funktsiya qayta hisoblab chiqiladi va ochiq kalit orqali qabul
qilingan imzo haqiqiyligi aniqlanadi.
Har bir imzo quyidagi ma’lumotlardan iborat bo‘ladi:
− imzo qo‘yilgan yil, oy, kuni; (datasi)
− qo‘yilgan imzoning farliyat davrining tugashi;
− faylni imzolagan shahsning ismi, sharifi, lavozimi, korxona yoki firmaning
nomi va boshqalar:
− imzolaganning ochiq kalit nomi;
− raqamli shahsning imzosi.
Shuning uchun, yuqorida keltirilganlar asosida quyidagilar taklif etiladi:
1.Kompyuter tizimi va tarmoqlarida uzatilayotgan ma’lumotlarni butunligini
ta’minlash uchun aloqa kanallarini mustaxkam himoyalash zarur.
2.Kompyuterning texnikaviy vositalarida saqlanayotgan dasturiy ma’lumotlarni va
ombordagi barcha ma’lumotlarni butunligini ta’minlash kerak.
Ushbu aloqa kanallaridan borilayotgan ma’lumotlarni xatosiz yetkazib berish uchun
quyidagi kodlardan foydalanishi mumkin:
− Xemming kodi, ya’ni ikkilamchi xatolarni aniqlovchi va birlamchi
bog‘lanmagan xatolarni to‘g‘rilovchi;
− Bouz Choud Xori kodi, ya’ni uchlamchi xatolarni aniqlovchi va ikkilamchi
xatolarni to‘g‘rilovchi;
− Fayr kodi, ya’ni paketlardagi birlamchi xatolarni ham aniqlovchi, ham
to‘g‘rilovchi;
− Rid−Solomon kodi, ya’ni paket xatolarni aniqlovchi va to‘g‘rilovchi kodlar.
Dostları ilə paylaş: