Marshrutizatorlarning ishlash printsiplari: 1.Eng qisqa yo‘lni aniqlab jo‘natishligi.
2.Eng minimal vaqt ichida ma’lumotlarni yetkazib berishligi.
3.Eng yuqori tezlikdagi kanallar asosida uzatishligi.
4. Eng himoyalangan aloqa kanallarini tanlab uzatishligi.
5. Eng arzon yo‘nalish asosida ma’lumotlarni yetkazib berishligi va boshqalar.
Telekommunikatsiya tizimlarida axborot havfsizligi.
Xozirgi kunda kompyuter tizimi va tarmoqlariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
− Ma’lumotlarni aniq va sifatli uzatish.
− Har xil turdagi ma’lumotlarni to‘g‘ri taqsimlash, qayta ishlash va saqlash.
− Qabul qilingan ma’lumotlarga operativ javob berish.
− Axborot resurslarini birlashtirish va to‘g‘ri bo‘lish va boshqalar.
Telekommunikatsiya tarmoqlarini raqamlashtirish jarayonlari bilan axborot
havfsizligi muammosi oshib bormoqda. Bunga sabab ichki va tashqi havf xatarlar
spektri oshib bormoqda:
− aloqa kanallaridan mo‘ljallanmagan ma’lumotla chiqib ketmoqda;
− ma’lumotlar olish uchun ruhsat berilmagan aloqa kanallariga kirish
ko‘paymoqda;
− raqamli tarmoqlarga va tizimlarga ta’sir etish va xujum qilish rivojlanmoqda,
ya’ni:
a) har xil kompyuter viruslarini yuborish;
b) dasturlarga yamoqlar qo‘shish;
v) telekommunikatsiya tarmoqlarida ma’lumotlar almashinuvini to‘sib qo‘yish
vositalarini qo‘llash;
g) test dasturlarini faoliyatini buzish va xakozolar.
Shuning uchun, barcha davlatlarda telekommunikatsiya tizimlarini havfsizligini
ta’minlash eng dolzarb masala hisoblanadi.
Telekommunikatsiya tizimlarida axborotlarni himoyalash maqsadlari va masalalari
quyidagilardan iborot:
58
1. Tinchlik davrda, har hil vaziyatda yoki tasodafiy favqulot xolatlarida bo‘lishidan
qat’iy nazar telekommunikatsiya tizimlarining har bir qatlamida tashqi va ichki xujumlarga
bardosh berib, ma’lumotlarni butunligini saqlashlik.
2.
Shahs,
tashkilot
va
davlatimizning
ma’lumotlarini mahfiyligini va
konfidentsialligini telekommunikatsiya tizimlarida saqlashlik.
3. Axborot havfsizligiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi xujumlarni bashorat etib
aniqlash va shunga qarshi iqtisodiy asoslangan usullarni qo‘llab, xujumlarni bartaraf etish.
4. Telekommunikatsiya tizimlarida axborot xavfsizligining yagona davlat siyosatini
ishlab chiqish.
5. Hozirgi kunda ishlatilayotgan usul va himoyalash vositalarini umumlashtirib
standartlash.
6. Axborot havfsizligining davlatimiz tamonidan boshqarish mexanizmini ya’ni
litsenziyalash faoliyatini ishlab chiqish. Barcha texnik va dasturiy vositalarni
sertifikatsiyalash va hakozolar.
Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarida quyidagi havf va xatarlar bo‘lishligi
mumkin:
−
stantsiyalarda ishlayotgantxodimlarning axborot havfsizligi bo‘yicha
qo‘yilgan talablarini buzishligi;
−
ruhsat berilmagan texnik xodimlarni xonalarga kirishligi;
−
ruhsatsiz ma’lumotlarni ko‘chirib olishligi;
−
ma’lumotlar omboridan ma’lumotlarni o‘g‘irlashligi;
−
telekommunikatsiya tizimidagi ma’lumotlarni o‘chirish yoki buzishligi va
boshqalar.
Bundan tashqari:
−
aloqa kanallaridan o‘tayotgan ma’lumotlarni ushlab olish;
−
xar hil elektron qurilmalari orqali aloqa kanallaridan uzatilayotgan
ma’lumotlarni deshifrlash;
−
aloqa liniyalariga radioelektron vositalari orqali ma’lumotlarni so‘ndirib
qo‘yish, bosharish tizimini ishdan chiqarish va boshqalar.
Ma’lumotlarni ushlab olish nafaqat akustik, yoki radiolaloqa to‘lqinlaridan ushlab
olinadi, balki ma’lumotlarnisimli aloqa liniyalaridan uzatilayotgan paytda ham amalga
oshiriladi.
Barcha ma’lumotlarni chiqarib yuborish kanallarini shartli ravishda uch sinfga bo‘lish
mumkin:
1.Akustik kanallar.
2.Optik kanallar.
3.Texnik vositalardan chiqayotgan kanallar.
Himoyalanayotgan telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarining maydonlari
atrofida elektromagnit to‘lqinlari, elektr toki orqali o‘tayotgan, hamda ko‘rinadigan va
59
infraqizil diapazon to‘lqinlari orqali ma’lumotlarni bilib olish mumkinligi sababli ularni
himoyalash kerak bo‘ladi.−