Axborotlarni tashkiliy himoyalash elementlari Himoyalash texnologiyasi personalii tashkilotning kimmatli axborotlarini
himoyalash qoidalariga rioya qilishga undovchi boshqarish va cheklash xarakteriga ega
bolgan chora-tadbirlarni uz ichiga oladi. Tashkiliy himoyalash elementi boshqa barcha
elementlarni yagona tizimga boglovchi omil bolib xisoblanadi. Kopchilik
mutaxassislarning fikricha, axborotlarni himoyalash tizimlari tarkibida tashkiliy
himoyalash 50—60 % ni tashkil qiladi. Bu xol kop omillarga bog‘liq, jumladan,
axborotlarni tashkiliy himoyalashning asosiy tomoni amalda himoyalashning prinsIPi va
usullarini bajaruvchi personalitanlash, joylashtirish va orgatish xisoblanadi. Axborotlarni
himoyalashning tashkiliy chora-tadbirlari tashkilot xavfsizligi xizmatining me’yoriy
uslubiy xujjatlarida uz aksini topadi. Shu munosabat bilan kop xollarda yuqorida korilgan
tizim elementlarining yagona nomi — axborotni tashkiliy-xuquqiy himoyalash
elementini ishlatadilar. Axborotlarni muxandis-texnik himoyalash elementi - texnik
vositalar kompleksi yordamida xudud, bino va qurilmalarni qoriklashni tashkil qilish
hamda texnik tekshirish vositalariga qarshi suet va faol kurash uchun muljallangan.
Texnik himoyalash vositalarining narxi baland bulsada, axborot tizimini himoyalashda
bu element muxim ahamiyatga ega. Axborotni himoyalashning dasturiy-matematik
elementi kompyuter, lokal tarmoq va turli axborot tizimlarida qayta ishlanadigan va
saklanadigan kimmatli axborotlarni himoyalash uchun muljallangan.