O’RIK GULLAGANDA
Derazamning oldida bir tup
O’rik oppoq bo‘lib gulladi...
Novdalarni bezab g‘unchalar,
Tongda aytdi hayot otini
Va shabboda qurg‘ur ilk sahar
Olib ketdi gulning totini.
Har bahorda shu bo‘lar takror,
Har bahor ham shunday o‘tadi,
Qancha tirishsam ham u beor
Yellar meni aldab ketadi.
Mayli, deyman va qilmayman g‘ash,
Xayolimni gulga o‘rayman;
Har bahorga chiqqanda yakkash,
Baxtim bormi, deya so‘rayman.
kurtak
novda
O’rik
gul
g’uncha
FSMU metodi asosida tushuntirish. (FIKR, SABAB, MISOL, UMUMLASHTIRISH)
F – “Derazamning oldida bir tup o’rik oppoq bo‘lib gulladi...” satri bilan boshlanuvchi she’r bahor madhi sifatida e’tirof etilgan
S – she’rda faqat bahor tasvirlangan emas, unda shoirning ruhiy kayfiyati ham bor
M – qiyosiy tasvir va jonlantirish san’ati orqali she’rda lirik qahramon hamda o’rik gullario’rtasidagi bog’liqlik ochib berilgan
U – shoir tuyg’ularini o’rik guli tasviriga mohirlik bilan kirita olgani sababli har qanday vaziyatda o’rik gullashi tilga olinganda, beixtiyor she’rning mazmun-mohiyati esga keladi.
Chimyon esdaliklari she’ri bilan o’quvchilarni tanishtirishda fanlararo integratsiya vujudga kelishi tabiiy. Asar tarkibidagi joy nomlari, badiiy tasvir vositalari va detallarning o’quvchi xotirasida yorqinroq saqlanib qolishi uchun interfaol metodlardan foydalanish lozim. O’quvchilar bilan bu she’r tahlili jarayonida klaster chizmasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Adabiyot fani bilan ona tili o’rtasida integratsiyani toifalash usuli, “T” chizma asosida tushuntirish. Bunda ishtirokchilar ikki guruhga bo’linadi. Birinchi guruh she’r tarkibidagi olmoshlarining belgili shakllarini, ikkinchi guruh esa belgisiz shaklini yozadilar.
Dostları ilə paylaş: |