KIRISH Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev shunday deganlar:
Ta’lim-tarbiya jarayoniga ana shu mas’uliyatni his qilgan holda yondashishimiz kerak.
O’quvchilar qalbida vatanparvarlik, qalban poklik, insonparvarlik, ota-onalar va katta-
kichiklarga mehr-muhabbat tuyg’ularini uyg’otishni maqsad qilib olishimiz kerak. Bu
vazifalarni amalga oshirishda zamon bilan hamnafas bo’lgan holda innovatsion usullar va
texnologiyalardan ta’lim-tarbiya jarayonida samarali foydalanishimiz juda muhim. Ta’lim
tizimida bo’layotgan islohotlardan unumli foydalanish va o’sib kelayotgan barkamol
avlodga maqsadli ta’lim berish uchun har bir dars jarayoniga alohida tayyorgarlik ko’rish
talab etiladi. Biz – ustozlar, bunga doimo tayyor bo’lishimiz va o’quvchilarga har
tomonlama o’rnak bo’la olishimiz kerak.
Bugungi kunda informatika fanining asosiy vazifasi o`quvchi-yoshlar ongiga ma’naviy-
ma’rifiy tushunchalarini, millatimizga xos qadriyatlarini yanada teran anglatishdan iborat.
Informatika va axborot texnologiyalarini ta’limning yangilangan maqsad va vazifalarini
amalga oshirish uchun mashg`ulotlarda “ma’naviyatni shakllantirish, ustivorligini
ta’minlash”, “o`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish”, “o`quvchilarning o`zini
harakatga undash, tarbiyalanishi jarayonida o`zining bevosita ishtirokini ta’minlash”
“Raqamli texnologiyalardan foydalanish”kabi g`oyalar singdirib borilishi nazarda tutiladi.
Tuzilgan dars ishlanmalarining asosiy maqsadi mashg`ulotlarda o`quvchilarning izlanishi,
texnikaga qiziqishi, tahlil etishi, mulohaza yuritib, fikr aytishi, darslik mualliflaridan farqli
ravishda amalda qo`llay olishi,hech kimning yordamisiz kompyuterlarni boshqara
olishi,yangi dasturlar haqida o`z xulosalarini bildirishi uchun innovatsion texnologiyalardan
«Ta’lim sifati – ertangi kunimizni hal qiladigan masala.Bu barchamizning eng buyuk va muhim vazifamiz bo’lishi kerak».
foydalanib, guruhlarda ishlashi, muhokamada o`z fikrini ilgari surishi, asoslashiga xizmat
qilishga yo`naltirilgan.