6
1.1-rasm. Abu Ali ibn Sino mexanizmlari (X asr): a – tishli uzatma; b – bloklar yordamida yuk
ko`tarish qurilmasi; v – chig`iriq rasmi; g – chig`iriqning chizmasi; d – richag va vint chizig`iga
asoslangan qurilma rasmi; j – tishli uzatma va richag asosida ishlaydigan qurilma; z – qurilmaning
chizmasi.
Muhandislik
grafikasining
rivojlanishida
Angliya,
Germaniya,
Rossiya,
Chexoslovaqiya va boshqa mamlakatlar muhandis-me’morlarining hissalari ham katta
bo`lgan. Birinchi bug` mashinasining o`sha davrga xos chnzmasi bunga misol bo`la oladi
(1.3- rasm).
7
1.2-rasm. Birinchi bug` mashinasining chizmasi (Polzunov I.I. XIX asr).
8
Hali fazoviy jismlarni tasvirlash haqidagi maxsus fan paydo bo`lmay turib,
texnikaning turli sohalarida mexanizmlarni chizma yordamida tasvirlashning qoida va
usullari keng qo`llanilgan.
1798 yilda frantsuz geometri Gaspar Monj birinchi bo`lib narsalarni tasvirlash
haqidagi yangi fan – chizma geometriya kitobini nashr ettirdi. Gaspar Monj bu kitobida
o`zining va boshqa olimlarning fazoviy metrik masalalarini grafik yo`l bilan yechishda
erishilgan yutuqlarini sistemaga soldi. Shunday qilib, vaqt o`tishi bilan narsalarni
tasvirlash usullari takomillasha borib, hozirgi zamon chizmasi paydo bo`ldi, 1.3 (a)-
shaklda takomillashgan zamonaviy chizma keltirilgan. Bunday tasvir butun jahon
xalqlariga tushunarli bo`lgani uchun u muhandislarning xalqaro texnika tili deb ataladi.
1.3. (a)-shakl. Detal ish chizmasining namunasi.
|