21
6- rasm. Gayka kaliti chizmasi.
Shuning bilan birga chizmani chizishda ko’rinishlar sonini iloji boricha kamroq,
lekin narsaning shaklini aniqlash uchun yetarli qilib olishga intilish kerak.
Biroq amalda shunday narsalar uchraydiki, ularning shaklini chizmada faqat
ko’rinishlariga qarab aniqlash qiyin bo’ladi. Gayka kalitining chizmasiga qarang (6-
rasm). SHu ikki ko’rinishga qarab, uning dastasi qanday shaklda ekanligini bilib
bo’lmaydi. U to’rt burchakli ham, oval shaklida ham bo’lishi mumkin. Masalan, qaychi
dastasining shaklini chizmaga qarab aniqlash yanada qiyinroq. Bunday holda uchinchi
ko’rinish ham yordam bermaydi. Ko’rinib turibdiki, narsaning shaklini yaxshiroq
aniqlashga va chizmani tezroq chizishga imkon beradigan yana qandaydir tasvirlar kerak.
Ularning ba’zilarini ko’rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: