Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi meʻyoriy hujjatlar


Auditorlik faoliyatining milliy va xalqaro standartlari



Yüklə 26,04 Kb.
səhifə5/8
tarix18.05.2023
ölçüsü26,04 Kb.
#127027
1   2   3   4   5   6   7   8
Audit kurs

Auditorlik faoliyatining milliy va xalqaro standartlari
Turli mamlakatlar iqtisodiyotida bozor munosabatiaxining rivojlanishi, integratsiya jarayonining kengayishi, bir qator auditorlik firmalarining xalqaro miqyosda faoliyat yurituvchi firmalarga aylanishi kabi jarayonlaming roʻy berishi auditorlik faoliyatini xalqaro miqyosda bir xillashtirish zaruriyatini yuzaga keltirdi. Bu zaruriyat asosida 1977-yilda tashkil etilgan Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi qoshida Xalqaro audit amaliyoti qoʻmitasi (International auditing practices committee) tashkil etildi.
Bu qoʻmita tomonidan tayyorlangan standartlar audit amaliyotini xalqaro miqyosda birxillashtirishga qaratilgan. Ammo bu standartlar turli davlatlarda turli darajada qoʻllaniladi. Shunga koʻra ularni toʻrt asosiy guruhga ajratish mumkin: birinchi guruh davlatlar xalqaro standartlami toʻligʻicha, dastlabki koʻrinishda qabul qiladilar; ikkinchi guruh davlatlar xalqaro standartlami faqatgina kichik oʻzgartirishlar kiritish orqaligina qabul qilishlari mumkin; uchinchi guruh davlatlar xalqaro standartlarga oʻzgartirishlar kiritishdan tashqari, bu standartlami qoʻllash uchun maʻlum iqtisodiy, siyosiy shart — sharoitlarni yaratish yoki mavjud shart — sharoitlarga oʻzgartirish kiritishlari talab etiladi; toʻrtinchi guruh davlatlarda xalqaro standartlarni qoʻllash shu mamlakatning milliy mentaliteti, psixologiyasiga boʻgliq.
Shu sababli, koʻpgina davlatlar milliy standartlami ishlab chiqish va xalqaro standartlarni qoʻllash jarayoniga ehtiyotkorlik bilan yondashadilar. Misol uchun, Kanada, Buyuk Britaniya, AQSH kabi davlatlarda milliy auditorlik standartlarini ishlab chiqish jarayonida xalqaro standartlarning faqatgina baʻzi elementlariga murojaat etiladi. Avstraliya, Braziliya, Niderlandiya kabi davlatlarda esa milliy auditorlik standartlari toʻligʻicha xalqaro standartlarga asoslangan holda tuziladi. Respublikamizda auditorlik faoliyatining milliy standartlarini ishlab chiqish jarayonida ham xalqaro standartlarga amal qilinadi. Malayziya, Singapur, Nigeriya kabi davlatlarda esa milliy standartlar tuzilmagan va ularda auditorlik faoliyatining xalqaro standartlari milliy standart sifatida qabul qilinadi.
Xalqaro auditorlik amaliyoti qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan standartlarning asosiylari quyidagi jadvalda keltirilgan:

Yüklə 26,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin