Jaloliddin Manguberdi o
‘
z qo
‘-
shi
nini Gurjiston tomon boshlaydi.
1225-yil avgust da
Garni qal’asi yaqinida gurjilarning 60 minglik qo
‘
shinini tor-mor
keltiradi va Tiflisga qarab yuradi.
1226-yil da Gurjiston to‘liq
egallanadi.
Ozarbayjon, Shirvon (Armaniston) va Gurjiston Xorazmshoh
qo‘liga o‘tgach, mo‘g‘ullar Isfahon shahri yonida paydo bo‘ladi.
1227-yil sentabr da Isfahon yaqinida
Jaloliddin Manguberdi mo‘g‘ullarning
Taynol no‘yon boshliq qo‘shinini yengadi.
Taynol no‘yon Jaloliddin Manguberdini jangdagi mardligiga qoyil
qolib “
Zamonasining haqiqiy bahodiri ekan, o‘z tengqurlarining sarvari ekan ”, degan.
Ichki ziddiyatlar. Jaloliddin Manguberdi ning Ko‘niya,
Jazira, Damashq va Misr hukmdorlariga nomalar yozib, ularni
mo‘g‘ullarga qarshi kurashish yo‘lida birlashtirish xatti-hara-
katlari behuda ketdi. Sulton
Jaloliddin Manguberdi ning o‘sib
borayotgan mavqeyi Bag‘dod xalifasini, Misr, Damashq va
Jazira hukmdorini tashvishga sola boshladi. Ichki fitnalar va
xiyonatlar boshlandi. Ustiga-ustak Ko‘niya sultoni
Alouddin Qayqubod muxolif kuchlarni
Jaloliddin Manguberdi ga qarshi
birlashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
Jaloliddin ning ukasi
G‘iyosiddin Pirshoh birinchi bo‘lib
xiyo nat yo‘liga o‘tdi. U o‘z lashkarlari bilan akasi qarorgohini
tark etdi.
G‘iyosiddin akasiga hasadi qo‘zg‘ab, o‘zi mustaqil
dav lat barpo etish va
Jaloliddin kabi shuhrat qozonishni istadi.
U Kirmon hokimi tomonidan qo‘lga olinib, qatl etiladi.
77
Mo‘g‘ullar ushbu voqeadan so‘ng, Jaloliddin davlati ular
o‘y la gandek kuchli emasligini anglab, u bilan sulh tuzish fikri-
dan qay tishdi. Ozarbayjon va Gurjiston sari talonchilik yurish-
larini boshlab yuborishdi.