132
Xalil Sulton garchi bobosidan qolgan xazinalar vositasida
Sohibqironning nufuzli a’yon va kiborlaridan ma’lum qismini
o‘z tarafiga og‘dirib Movarounnahr taxtini egallagan bo‘lsa-
da, ammo ko‘p vaqt o‘tmay u Amir Temurning sadoqatli
amirlari, viloyat noiblari va shahzodalarning kuchli noroziligi
va isyoniga duch keladi. Birinchi bo‘lib Turkiston hamda
Farg‘onaning hoki mi amir
Xudoydot bilan
Shayx Nuriddin
Xalil Sultonga qarshi isyon ko‘taradilar. Hatto Xalil Sultonning
ukasi
Sulton Husayn Mirzo Amudaryoning chap sohilidagi
viloyatlarda o‘z hokimiyatini o‘rnatmoq niyatida akasiga qarshi
bosh ko‘taradi. O‘z navbatida Amir Temur taxtining qonuniy
valiahdi
Pirmuhammad Amudaryodan kechib o‘tib,
Xalil
Sultonga qarshi Nasaf tomonga askar tortadi. Movarounnahrda
boshlangan sulola kurashlari shu tariqa avj olib ketadi.
Oqibatda davlat parchalanib, ayrim viloyat hukmdorlari
hokimi mutlaq bo‘lib oladilar.
Pirmuhammad 1407-yil
Dostları ilə paylaş: