O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/154
tarix18.09.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#117816
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   154
[@e tarix] 7-sinf Òzbekiston tarixi (2) 1 (1)

Jaloliddin Manguberdi haqida Shihobiddin Muhammad 
an-Nasaviy o‘zining asarida shunday yozadi: “Jaloliddin qo­
ra 
chadan kelgan, o‘rta bo‘yli, turkiy qiyofalik va turkiyda 
gapiradigan odam edi, shu bilan birga forsiyda ham so‘zlasha 
olardi. U mard, jasur bo‘lib, sherlar orasida eng zo‘r sher 
edi, qo‘rqmas chavandoz, lashkarlar ora 
sida eng botir edi. 
U yuvosh, mu 
loyim odam edi, jahldor emasdi, haqoratomuz 
so‘zlarni aytmasdi. U nihoyatda jiddiy edi, kulmasdi, faqat 
jilmayib qo‘yardi, kam gapirardi. U haqgo‘ylikni, adolatni 
ulug‘lardi”.
Muhim manbalardan yana biri mash hur tarixnavis Ibn al-
Asirning “
al-Komil­fit-tarix” (“Tarix haqida mukammal ki tob)” 
asaridir. “
Al-Komil­fit-tarix” Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari 
tari 
xi 
ning islom tarqalishidan to 1231-yilgacha bo‘l 
gan davr 
haqida ma’lumot beruvchi eng qim matli manbalardan biri sana-
ladi. Muallif Jaloliddinning faoliyatiga keng o‘rin ajratadi va 
ko‘pincha o‘zining muhim va aniq ma’lumotlari bilan boshqa 
manbalarni sezilarli darajada to‘ldiradi.
Jaloliddin Manguberdi haqida 
muarrix va yirik davlat arbo-
bi Alouddin Atomalik Juvayniy  tomonidan yozilgan “Tarixi 
ja hon kushoy” (“Jahon fotihi tarixi”) asari muhim manbalardan 
biri sifatida e’tirof etilgan. Bundan tashqari, Mirxond 
“Ravzat 
us-safo”, Mirzo Ulug‘bekning 
“Tarixi arba’ ulus” (To‘rt ulus 
tarixi) 
asarlarida Jaloliddin Manguberdi haqida ma’lumotlar 
yozib qoldirilgan.
U haqdagi ma’lumotlar, shuningdek, xi 
toy, 
mo‘ g‘ul, arman va boshqa tillardagi manbalarda ham uch raydi.
Mashhur shoir va adib Maqsud Shayxzoda 1944-yilda 
Ja lo lid din Manguberdi” tarixiy dramasini yozgan. Adib asa-
rida o‘z yurtining ozodligi va mustaqilligi uchun mo‘g‘ul 
isti 
lochilariga qarshi kurashgan so‘nggi Xorazm shohining 
jangovar jasoratini tarixan aniq va haqqoniy tasvirlagan. Biroq 
sobiq sho‘rolar davrida Jaloliddin Manguberdining sarkardalik 
faoliyati va uning Vatan ozodligi uchun olib borgan kurashi 
bir yoqlama yoki umuman fikr bildirilmasdi.


80

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin