24 iyun. O‘zbekiston rahbari Islom Karimov Ommaviy axborot vositalarining xodimlari bilan uchrashdi. Unda respublikadagi ahvol to‘g‘risida, yuz berayotgan voqealarni yoritishda matbuotning vazifalari, respublika partiya tashkiloti, O‘zbekistonning barcha mehnatkashlari oldida turgan muammolarni hal qilishda matbuotning ishtiroki haqida jiddiy, batafsil, oshkora fikr almashindi. Uchrashuv qatnashchilari sog‘lom kuchlarni jipslashtirish, Farg‘ona oblastidagi vaziyatni, millatlararo munosabatlarni normal izga solish zarurligi to‘g‘risida so‘z yuritdilar.
25 iyun. Islom Karimov Farg‘ona viloyatidagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol bilan tanishish maqsadida ushbu viloyatda bo‘ldi. O‘zbekiston rahbari viloyatning shahar va qishloqlariga borib, yuzaga kelgan notinch vaziyat tufayli jabr ko‘rgan odamlar bilan suhbatlashdi, ahvolni barqarorlashtirish, mavjud ijtimoiy muammolarni hal etish bo‘yicha mahalliy rahbarlarga aniq ko‘rsatmalar berdi.
Farg`ona voqealarini o`nglash
Farg`ona voqealari
1989-yilda farg`ona hududida bizning tinchligimizga xasad qilganlar tomonida qoparuvchilik harakatlari olib borildi. Buning oqibatida esa 100lab kishialar halok bo`ldi va 1000lab insonlar jarohatlandi. Bizning I prezidentimiz es o`z ishini aynan Farg`onani o`rganish va uyerlareni qayta tiklash bilan boshladilar va 25-iyun kuni farg`ona vodiysiga bordilar. Barcha zararlar o`rganib chiqib uni bartaraf etish yo`llari o`ylay boshlandi.
DAVLAT TILI – 0`ZBEK TILI
. O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining 1989 yil 21 oktyabrda bo‘lgan o‘n birinchi sessiyasida «O‘zbekiston SSRning davlat tili haqida» Qonun qabul qilindi. Qonunda: «O‘zbekistonning davlat tili o‘zbek tilidir, o‘zbek tili Respublikaning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barcha sohalarida to‘liq amal qiladi», – deb belgilab qo‘yildi.
O`zbek tili davlat tili
1990-yil 19-fevralda «O’zbekiston SSRning davlat tili haqida»gi qonunni amalga oshirish davlat dasturi qabul qilindi. Qonun va davlat dasturiga binoan mehnat jamoalari, o’quv yurtlari, korxonalar va davlat muassasalarida ish yuritish rus tilidan o’zbek tiliga o’tkazila boshlandi. Bu qonunning qabul qilinishi va uning amalga oshirila boshlanishi Respublika ijtimoiy hayotida katta tarixiy voqea bo’lib, mustaqillik sari tashlangan yana bir muhim qadam bo’ldi