Toshkent shahri haqida hujjatli filmlar
1
|
“Eski shahar”
- 26 daqiqa
|
Stsenariy muallifi: B. Golender
Rejissyor: X. Valiev
Operator: A. To‘laganov
|
Istiqlol yillarida Toshkent shahri butkul o‘zga bir qiyofaga kirdi. Qisqa davr ichida mamlakatimiz poytaxtida jahon andozalariga mos keluvchi turli binolar qad ko‘tardi.
Bu filmda kinostudiya arxivida saqlanayotgan va yaqin o‘tmishda suratga olingan kinotasvirlardan foydalangan holda kechagi va bugungi Toshkent qiyoslanadi.
|
2002 y.
|
2
|
“Hayratli dunyo”
- 13daqiqa
|
Stsen.mual: T.Yunus, U.Ortiqov
Rejissyor: U.Ortiqov
|
Mazkur film Markaziy Osiyoda eng yirik sanalmish Toshkentdagi yangi hayvonot bog‘i haqida hikoya qiladi. Film matnsiz bo‘lib, unda asosan bolalarning yirik plandagi tasvirlaridan iborat.
|
2002 y.
|
3
|
“Toshkent – Islom madaniyati poytaxti”
– 26 daqiqa
|
Sts.mual: T.Shomurodov
Rej:
X.Valiev
|
Islom xalqaro tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha ixtisoslashgan tuzilmasi tomonidan 2007 yilda “Toshkent shahri – Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilindi. Film poytaxtimizning bu soha bilan bog‘liq tarixi va buguni haqida .
|
2007 y.
|
4
|
“Toshkent metroporliteni-30yil”
- 13daqiqa
|
Stsen muallifi: Q.Xolmurodov
Rej: A.Boqiev
|
70-yillar oxirida mamlakatimiz poytaxtida qurib bitkazilgan va foydalanishga topshirilgan Toshkent metropoliteni O‘rta Osiyoning mo‘jizasi deb tan olingan. Mazkur film Toshkent metropolitening qurilish tarixi va uning ayrim jixatlari xususida xikoya qilinadi.
|
2006 y.
|
5
|
“Imom Al Buxoriy”
– 26 daqiqa
|
Sts.mual. U.Uvatov, K.Xolmurodov
Rej:A.Boqiev
|
Ismoil Al Buxoriyning ijod va hayot yo‘liga bag‘ishlanadi.
|
2007 y.
|
6
|
“Moziy gavhari”
– 26 daqiqa
|
Sts.mual: Z.Islomov
Rej: A.Akbarxo‘jaev
|
Toshkent shahrida qurib bitkazilgan Hazrati Imom majmuasi haqida.
|
2007 y.
|
7
|
“Toshkentning tarixiy obidalar”
-13daqiqa
|
Stsen. mual. va rej: X.Valiev.
Oper: A.To‘laganov.
|
Toshkent – O‘zbekistonning eng qadimiy shaharlaridan biri. Mazkur film shahar xududida joylashgan Islom madaniyatiga oid tarixiy obidalar haqida hikoya qiladi.
|
2008 y.
|
8
|
“Toshkent: kecha va bugun” 26d.
|
Stsen. mual: U.Azim
Rej: U.Ortiqov
Oper: R.Sulaymonov.
|
Toshkent shahrining 2200 yilligiga bag‘ishlab yaratilgan bu film poytaxtimizning tarixi va bugungi kuni xaqida xikoya qiladi.
|
2008 y.
|
9
|
“Sharq durdonasi”
(Toshkent shahrining 2200 yilligiga bag‘ishlanadi)
|
Stsen. mual. va rej: X.Valiev.
Oper: A.To‘laganov.
|
Mazkur filmda Toshkent zaminining paydo bo‘lishi tarixi, rivojlanishi va bugungi kuni to‘g‘risida hikoya qilinadi. Film Toshkent shahrining 2009 yilda nishonlanadigan 2200 yillik to‘yiga bag‘ishlanadi.
|
2008 y.
|
10
|
“Toshkent shodiyonalari”
- 26 daqiqa
|
Stsenariy muallifi – G‘.Eshmurodov
Rejissyor va operator – I.Blidarov
|
Ushbu filmda mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahridagi so‘nggi yillarda amalga oshirilgan o‘zgarishlar, shaharning ko‘rkiga-ko‘rk qo‘shayotgan yangi-yangi binolar va undagi shodiyonalar haqida so‘z boradi.
|
2011 y.
|
11
|
“Toshkent”
73-daqiqa
|
Stsenariy muallifi –Murod Muhammad Do‘st, M.Qarshiboev
Rejissyor –J.Qosimov
Operator –N.G‘ulomov
|
Film poytaxtimiz Toshkent shahrining tarixi va buguni haqida hikoya qiladi.
|
2012 y.
|
12
|
“Toshkentga qasida”
(“Moziy sadolari”)
26-daqiqa
|
Stsenariy muallifi – Sh.Rizaev
Rejissyor – X.Valiev
Operator – A.To‘laganov
|
O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toirning “Yangi Toshkentnoma” dostonini O‘zbekiston xalq artisti Afzal Rafiqov o‘ziga xos tarzda o‘qigani tomoshabin qalbiga yetib boradi. Ana shu doston asosida ishlangan 1-film “Toshkentga qasida” deb nomlanadi va unda poytaxtimizning tarixi, ulug‘ odamlari, Toshkent haqida bitilgan fikrlar o‘z tajassumini topgan.
|
2012 y.
|
13
|
“Yangi Toshkentnoma” (“Istiqlol ziyoratgohlari”)
26-daqiqa
|
Stsenariy muallifi – Sh.Rizaev
Rejissyor – X.Valiev
Operator – A.To‘laganov
|
“Yangi Toshkentnoma” dostonining “”Istiqlol shukuhi” deb nomlangan ikkinchi qismida mustaqillik yillarida poytaxtimizda olib borilgan buyuk buneyodkorlik ishlari haqida hikoya qilinadi. Unda jumladan, Ma’rifat Markazi, Xalqaro anjumanlar saroyi kabi o‘ziga xos me’moriy yechimga ega bo‘lgan binolar, rang-barang favvoralar tasvirlangan.
|
2012y.
|
|