Ferment preparatlari biskvit yarimfabrikatlarini ishlab chiqarishda ishlatilishi:
Biz bilamizki, tuxum qandolatchilik sohasida azaldan tabiiy emulgator sifatida foydalanilib kelinadi. Tuxumning sariqlik qismidagi tuxum letsitini bu vazifani bajaradi. Tuxumdagi emulsiyalovchi bu moddalarni Veron® Cake ferment preparati yordamida yanada yaxshilash mumkin.
Tayyorlangan xamir esa zichligi va egiluvchanligi kamroq bo’lib, non pishayotganda uning mag’zi sekinroq oshadi, natijada pishirilgan mahsulot katta hajmli, tuzilishi yaxshi, va mag’zi o’zining sofligini uzoq vaqtgacha saqlaydi. Shuning bilan Veron® Cake preparatining qo’llanilishi orqali biskvit retseptida ishlatiladigan tuxumning miqdorini 20% gacha kamaytirish va uning sifatini yaxshilash mumkin. Preparatning dozasi 1kg tuxum mahsulotlariga 0,1- 1g ni tashkil etadi. Biskvitlar va yog’li nonlar retseptlarida mahsus ferment preparati – amilaza Veron® Amylofresh bu mahsulotlarning saqlanish muddatini oshirish uchun foydalaniladi. Biskvit shunday sof , yangi pishirilganday holda saqlash muddatining ohirgi kunigacha saqlanib qoladi. Ferment preparatining qo’llanilish dozasi 100g unga 20-50 g ni tashkil etadi. Preparat shakar va tuxummahsulotlari aralashmasiga to’liq aralashib ketguncha qo’shiladi, biskvitning tayyorlanish texnologiyasi o’zgarmaydi.
VAFLI ISHLAB CHIQARISH UCHUN ENG YAXSHI PREPARAT. Vafli ishlab chiqarish sanoatida vafli xamirining teng miqdorda bo’linishi, shishlar bo’lmasligi, va tayyor mahsulot sifatining yaxshilanishi uchun, xamir chiqimini tejamliligi uchun xamir tarkibidagi moddalarning teng miqdorda taqsimlanishi va yopishqoqligi kam bo’lishi kerak. Ko’p miqdorda kleykovina saqlovchi undan foydalanganda vafli ishlab chiqarishda xamir bo’rtib qoladi, kleykovina ba’zan seperatordan o’tkaziladi. Shungacha bu muammoni hal qilishda AB Enzymes kompaniyasi eng yaxshi yechim – proteaza va gemisellulozadan iborat Veron® W mahsus ferment preparati kompleksini ishlab chiqmaguncha turli xil proteazalardan foydalanilgan. Proteaza komponenti sababli xamir birmuncha yopishqoqroq, gemiselluloza sababli esa yanada kamroq yopishqoq va bir jinsliligiga olib keldi. Ikkala preparat komponentlarining birgalikda qo’llanilishi natijasida xamir tarkibidagi suvning miqdorini 15%gacha pasaytirish mumkin. 100g unga Veron® W preparatning tavsiya etiladigan miqdori Ukrainada 20-50g ni tashkil etadi. Emulsiyaga uning tayyorlanish davrida solinadi. Vafli tayyorlash texnologiyasi esa o’zgarmasdan qoladi.