Kirish. Ma‟lumki, Oks sivilizatsiyasi Markaziy
Osiyoning janubida o„rta va so„nggi bronza davrlarida
yuksalgan va bir qator manbalarda miloddan avvalgi 2250-
1750 yillar bilan davrlashtirilgan. Bu qadimgi Sharqdagi
arxeologiya va san'at tarixining so„nggi diqqatga sazovor
joylaridan biri, lekin u gullab -yashnashi bilan to„satdan tarix
sahnasidan
ketishi
muammosi
tarixchilarni
anchayin
o„ylantirayotgani ham rost. Oks sivilizatsiyasi o„zining yuksak
madaniyati bilan uzoq va yaqin o„lkalar bilan o„zaro madaniy
va savdo aloqalariga ega bo„lgan. Miloddan avvalgi III
mingyillikning oxiri II mingyillikning dastlabki asrlarida
Anatoliya, Mesopotamiya, Fors-arab ko„rfazi, Elam, Hind
vodiysi bilan hamkorlik aloqalarini yo„lga qo„ygan. Ammo
sivilizatsiyaning nomi borasida bir qator takliflar ilgari
surilgan bo„lsada, Mesopotamiya manbalarida u haqida
ma‟lumotlar uchramaydi. Sivilizatsiyasini shakllantiruvchi
hudud sifatida e‟tirof etiladigan Baqtriya va Marg„iyona
nomlari Ahamoniylar va yunon-makedonlar manbalarida
asosida shakllangan. Oks sivilizatsiyasi atamasi esa dastlab
fransuz H.P.Frakfor va amaerikalik arxeolog L.Karlovskiylar
tomonidan qo„llanilgan va ko„pgina tadqiqotchilar tomonidan
qo„llab-quvvatlangan.
XX
asrning
60-70
yillarida
O„zbekiston, Turkmaniston va Afg„oniston hududlarida olib
borilgan arxeologik tadqiqotlar asosida ushbu sivilizatsiya
haqida ko„plab ilmiy maqolalar va kitoblar dunyo yuzini
ko„rdi. Mazkur tadqiqotda ham Oks sivilizatsiyasini yozma
manbalari asosida davrlashtirish masalasiga e‟tibor qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: |