P ast uzlashtiruvchi o'quvchilar bilan ishlash 2-sinf matematika ona tili o’qish


-mashq. Bir tovush bilan farqlanadigan so‘zlarga misollar yozing. IV.Yangi mavzuni mustahkamlash



Yüklə 1,91 Mb.
səhifə10/11
tarix08.06.2022
ölçüsü1,91 Mb.
#116732
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2- sinf uchun past uzlashtiruvchi oquvchilar 2021

27-mashq. Bir tovush bilan farqlanadigan so‘zlarga misollar yozing.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash:
V.Uyga vazifa:Bir tovush bilan farqlanadigan so`zlar ishtirokida 4-5 ta gap yozib kelish
MMIBDO’________ _____________________

SANA____________ 202___ yil 4-sinf O’QISH
Mavzu:“ A F R O S I Y O B” - T E Z Y U R A R P O Y E Z D
Maqsad: O’quvchilarnimatnni ravon o’qishga, reja asosida qayta hikoya qilishga o’rgatish
Ta’limiy: O’quvchilarga Vatanimiz O’zbekistonning temir yo’llari haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarni xalqimizni fidoyi va mehnatkash insonlari mehnatiga hurmatda bo’lishni o’rgatish.
Rivojlanturivchi: O’quvchilarni og’zaki nutqini oshirish. Mustaqil fikrlashga o’rgatish.
O`quv jarayoniga oid kompetensiya: .F.k.1. o‘qilgan matnlarning mazmunini tushuna oladi va mavzuga mos maqol va hikmatli so‘zlarni topa oladi;T.k.3. mehnatsevarlik, to‘g‘rilik, hurmat qilish kabi sifatlarga ega bo‘lish;
Mashg`ulotning turi: Yangi bilim berish, o’tgan Mashg`ulotni mustahkamlash.
Mashg`ulot metodi:ko’rgazmali savol-javob, aqliy hujum,klasster.
Mashg`ulotning jihozi: mavzuga oid rasmlar, tarqatmalar.
Mashg`ulotning borishi.
I. tashkiliy qism: a) salomlashish
b) davomotni aniqlash
c) ma’naviyat daqiqasini o’tkazish
“Men yashaydigan joy.” mavzusida suhbat o’tkazish.
d) ingliz tili daqiqasi: Ww [d^bIju:], Xx[eks].
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. O’tilgan mavzuga oid tarqatmalar yordamida o’quvchilar bilimlarini mustahkamlash va baholash.
III. yangi mavzu bayoni:
AFROSIYOB” – TEZYURAR POYEZD
Erkin Malik
Sherzod dadasi bilan tezyurar poyezdda Samarqandga boradigan bo‘ldi. U shunday quvondiki, asti qo‘yaverasiz. Poyezd haqida ko‘p eshitgan, televizorda ko‘rgan, ammo chiqmagan edi. Poyezd Toshkent vokzalida savlat to‘kib turardi. Ko‘rinishi bir qarashda yaxlit O‘zbekiston bayrog‘ini eslatardi. O‘rdakburun tumshug‘i havo qarshiligini yengishga yordam berarkan. Vagonning ichi shinamgina uyga o‘xshardi. Yumshoq o‘rindiqlar oldida esa stollar qo‘yilgan. Ularda gazeta-jurnallar bor. Dadasi bu poyezd Ispaniyada tayyorlanganini aytdi. Birdan deraza orqasidagi manzara chaplashib ketdi. – Iye, dada, tashqaridagi uylar, daraxtlar qani? – hayron bo‘ldi Sherzod. – Poyezd yurib ketdi-ku, bilmadingmi? qani ko‘raylik-chi, o‘hho‘, tezligi soatiga ikki yuz kilometrga yetibdi. Bu tezlikda tashqaridagi narsalarni ko‘zimiz ilg‘ay olmaydi-da, o‘g‘lim. – Ha, go‘yo biz bir joyda turibmiz, yer aylanyapti, – dedi Sherzod hayajonlanib. – Dada, bunaqa tezlikda haydovchi oldidan biron narsa chiqib qolsa, nima qiladi? – Xavotir olma, yo‘lning ikki chekkasi panjara bilan to‘silgan. Samarqandga yetib kelishdi. Shahardagi qadimiy obidalarni tomosha qilib, kechga tomon Toshkentga qaytishdi. Sherzodning taassurotlari bir olam edi.
Matn mazmunini so’zlab berish. Matn davomini o’quvchilarning o’zlari o’qiydilar va so’zlab beradilar.

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin