O‘rgatuvchi ekspert tizimlari foydalanuvchilarga berilgan sohada tashxis
qo‘yish va tahlil etish imkoniyatini berishi lozim. Bunday tizimdan bilim va
xatti-harakat to‘g’risidagi farazni yaratish, tegishli ta’lim uslubini va harakat
usullarini aniqlash talab etiladi.
Ekspert tizimini yaratishda kamida uchta muammo yuzaga keladi:
• xotiraga kiritiladigan axborotning yetarli darajada to‘liq bo‘lishini
ta’minlash. Bu eng asosiy bilimlarini ajratish va ma’lumotlar tuzilmasida
ularning o‘zaro aloqasini o‘rnatish, shuningdek, kodlashtirishning bunday
tizimini yaratish va foydalanishni talab etadi;
• ekspert tizimi faoliyati sifatining samarali bahosini olish va tegishli
mezonlarni ishlab chiqish. Qiyinchilik shundaki, mutaxassislar bilimi — bu
shunchaki ma’lumot va faktlar yig‘indisi emas. Ayrim elementlar munosabatini
tasavvur etish uchun aloqalar qonuniyatlarini hisobga olishga formal urinish
tizimni o‘ta darajada «keskin» qilib qo‘yadi va u yangi elementlarni qo‘shish
uchun «yopiq» bo‘lib qoladi;
83
• yechiladigan masala tuzilmasining ehtimollik xususiyati va bilimlarning
uyg‘unlashuvi tufayli ishonchsiz natijalar olish mumkinligi.