89
vazifani hal etishga ilmiy tadqiqotlarning avtomatlashgan tizimlari (ITAT)
xizmat qiladi.
Loyihalashtiruvchi muhandislar ham o‘z asbob-uskunalariga ega. Biroq bu
klassik vositalar eskirgan. Texnik vositalarni ishlab chiqishda quyidagi muhim
tendensiyalar aniq ko‘zga tashlanadi: ishlab chiqilayotgan mahsulotlar soni har
o‘n besh yilda ikki barobar ko‘paymoqda, mahsulotlar murakkabligi esa har o‘n
yilda va yangi namunalarni yaratishda tahlil qilinadigan ilmiy-texnik axborot
hajmi har sakkiz yilda ikki barobarga oshmoqda. Ayni paytda loyihalashda
so‘nggi paytlargacha loyihachilar sonining ekstensiv o‘sish tendensiyasi
ustuvorlik qilmoqda. Chunki mehnat samaradorligi juda sekin oshayapti. Shuni
aytish kifoyaki, sanoat ishlab chiqarish sohasida samaradorlik 1900 yildan
buyon o‘rtacha 1000% ga, loyihalashda esa bor-yo‘g‘i 20% ga oshgan. Yangi
axborot texnologiyalarini barcha joylarda foydalanish bu salbiy tendensiyani
avtomatik loyihalash tizimini (ALT) yaratash yo‘li bilan yengib o‘tishga imkon
beradi.
Dostları ilə paylaş: