Informatsion texnologiyalar


   Boshqaruv faoliyatida axborot texnologiyalari



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/148
tarix01.01.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#106392
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   148
axborot tizimlari

3.   Boshqaruv faoliyatida axborot texnologiyalari 
 
Tadqiqotlar  shuni  ko‘rsatadiki,  rahbar  intellektual  ish  uchun  o‘z  ish 
vaqtining  29%ini  sarflar  ekan,  qolgan  qismidan  esa  (71%)  samarasiz 
foydalanadi.  Boshqaruv  qarorini  qabul  qilish  uchun  katta  hajmdagi 
ma’lumotlarni  (faktografik,  statistik,  iqtisodiy,  ilmiy,  siyosiy  va  hokazo)  qayta 
ishlash natijasi bo‘lgan axborot zarur. O‘sib kelayotgan axborot oqimi tufayli va 
murakkab  boshqaruv  mexanizmining  elementi  sifatida  muassasa  xodimining 
strategik qarorlarni tayyorlash va qabul qilishga vaqti qolmaydi. 
70-yillar  o‘rtalarida  avtomatlashtirilgan  tizim  qiyofasi  shakllangan  vaqtda 
(korxonalar,  tarmoqlar  uchun  ABTlar  kabi)  tashkiliy  boshqaruv  uchun  xos 
bo‘lgan  axborotni  birinchi  marta  qayta  ishlash  bilan  ma’lumotlarni  yig‘ish 
vazifasi  avtomatlashtirilgan.  Odatda  kichik  ma’muriy  xodimga  yuklatiladigan 
reglamentlashtirilgan  ommaviy  eski  operatsiyalar  avtomatlashtirilgan.  Maxsus 
bilim  talab  etiladigan  o‘rta  va  katta  boshqaruv  xodimining  ishi  esa 
avtomatlashtirilmay qoldi. 
Bu shu bilan bog‘liq ediki, qaror qabul qilish ishi nisbatan moslashuvchan 
va  kuchli  dasturiy  ta’minot  va  qat’iy  vaqtinchalik  cheklashlarni  talab  qiladi. 


 
85 
Yangi  axborot  texnologiyalari,  jumladan  kuchli  hisoblash  resurslariga  ega 
personal kompyuterlar ma’lum ma’noda mavjud sharoitni o‘zgartiradi. 
Ma’muriy  boshqaruv  sohasiga  nafaqat  qarorlar  qabul  qilish  kiradi,  shu 
bilan  birga  yangi  hujjatlarni  rasmiylashtirish,  boshqaruv  obyektining  hozirgi 
holati bo‘yicha hisobotlar, ma’lumotnomalar bilan bog‘liq idora faoliyati (idora 
deganda  har  qanday  tashkilot,  uning  bo‘limlari,  muassasa,  institut,  vazirlik  va 
hokazo  nazarda  tutilmoqda)  ham  muhim  o‘rin  egallaydi.  Mazkur  faoliyatni 
avtomatlashtirish  yangi  axborot  texnologiyalari  asosida  ma’lumotlarni  qayta 
ishlash, 
saqlash 
va 
qidiruvni 
amalga 
oshiradigan 
«elektron 
ofis» 
konsepsiyasining paydo bo‘lishiga olib keldi. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin