Pedagogika-psixologiya fakulteti



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/41
tarix01.01.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#107178
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
har xil janrdagi asarlarni oqitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish

                                           Tеz aytishlar 

O‘zim uzum uzib yedim. -z-m. 

Olma shoxida olmaxon, Olmaxonni olma Olimxon. -m-1. 

To‘lqin turpni tunda to‘pladi. -r-t. 

 Bo‘ri boqqa, Soqi toqqa bordi. -q-t. 

 Jo‘ja cho‘chib go‘ja cho‘qir. -ch-j. 

 Bir tup tut, tut tagida turp, Tut turpni turtib turibdi, turp tutni turtib turibdi. -t-r. 

 Sora allalaydi, Rashid arralaydi. -r-1. 

 Hashar — hashardan shahar yashar. -sh-r. 

Bolalar bilan tez aytishlar mashq  qilinganda shoir va  yozuvchilarning asarlaridan, xalq 

ertaklari  va  maqollardan  ham  foydalanish  mumkin.  Masalan,  "Bor  ekanda,  yo‘q  ekan,  och 

ekanda, to‘q ekan,  qarg‘a  qaqimchi  ekan,  chumchuq  chaqimchi ekan,  yo‘lbars  o‘kirar  ekan, 

xo‘roz  qichqirar  ekan,  bo‘ri  bakovul  ekan,  tulki  yasovul  ekan.  Ana  shunday  zamonda  qora 

tovuqdek qaqillagan bir kampir bo‘lgan ekan". 

Shuningdek,  quyidagicha  badiiy  asarlar  matnidan  foydalanib  ham  mashqlar  o‘tkazish 

mumkin:  

"Bir boy bor ekan,  

uning oti Jomboy ekan, 

o‘zi juda boy ekan,  

bir choynakda aynab qolgan choy ekan,  

yomg‘ir yoqqanda bulutlar orasidan mo‘ralab turgan oy ekan

suv o‘tmagan soy ekan,  

birov minmagan toy ekan,  

kigiz ko‘rpasi yo‘q,  

birov yotmagan joy ekan

       hech kim ichmagan choy ekan,  

       ana shunday dong‘i ketgan boy ekan".  

       Bolalar  adabiyoti  bilan  ishlashda,  o‘qilgan  asardagi  talaffuzi  quyin  bo‘lgan  so‘zlarni 

o‘rgatish  bilan  ham,  kundalik  turmushda 

 

qo‘llanadigan  so‘zlarga  diqqatlarini  qaratish  bilan 




ham ularning lug‘at boyliklarini kengaytirib borish mumkin. Asar till ustida ishlashda muallif 

tomonidan qo‘llangan ko‘p ma’noli, ma’nolari bir-biriga yaqin hamda qarama-qarshi ma’noli 

so‘zlar,  ayrim  so‘z  birikmalari  bilan  ishlash  nutq  o‘stirishning  asosiy  vositasi  hisoblanadi. 

Bunday so‘zlar ustida ishlash bilan bolalar yangi bilim va tasavvurlarga ega bo‘ladilar.Ba’zan 

fasllarga  bog‘liq  she’rlar,  tez  aytishlar,  topishmoqlarni  ham  o‘rgatib  borish  kerak.  Yuqorida 

aytilganidek, bolalarni qiyin tovushlarni to‘g‘ri talafruz qilishga, tez-aytishlar orqali ularning 

fikrlash qobiliyatini o‘stirishga erishiladi.  

Ko'proq  tarbiyaviy  ahamiyatga  ega  bo'lgan  topishmoq,  latifa  va  tez  aytishlar  tanlab 

kiritilishi maqsadga muvofiqdir. 

Topishmoq,  latifa  va  tez  aytishlarni  o'rganish  boshlang'ich  sinf-larda  dastlab  har  bir 

darsda  amalga  oshirilib  boriladi.  Alohida  dare  sifatida  o'rganishda  esa  o'qituvchilar  turli 

usullardan foydalanishlari mumkin. 




Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin