III. Intonatsiyaning til va nutqdagi roli: a) gapniig intonatsion tugalligini
ifodalovchi muhim vosita sifatida xizmat qiladi; b) gapning ifoda maqsadiga va
emotsionallikka ko‗ra turlarini farqlashda ishtirok etadi; v) sintaktik aloqalarni
ifodalovchi muhim fonetik vosita sanaladi.
35
II BOB
TOVUSH STRUKTURASINING FONONOLOGIK ASPEKTDAGI
TADQIQI
2.1. Fonema til birligi sifatida
Biz
yuqorida
nutq
tovushlarining
fizik-akustik
hamda
fiziologik-artikulyatsion tomonlari haqida qisqacha to‗xtalib o‗tdik. Nutq
tovushlarining uchinchi jihati, lingvistik sathda vazifaviy (funksional) tomoni
borligi bilan ahamiyatlidir.
Fonologiyaning birligi fonemalardir. Fonema — so‗z va morfemalarni
shakllantiradigan va ularning ma‘nolarini farqlash uchun xizmat etuvchi, boshqa
mayda bo‗lakka bo‗linmaydigan tilning eng kichik tovush birligidir. Fonemalar
haqidagi ta‘limot fonologiyadir. Fonologiya ma‘lum bir tildagi fonemalar
sistemasini, ularning farqlash belgilarini o‗rganadi. Fonema termini hozirgi
tilshunoslikda qat‘iy o‗rin olgan bo‗lsa ham, ammo uning maqomi masalasida
xilma xil qarashlar bor. Fonema tilning eng kichik tovush birligi ekanligi haqidagi
dastlabki ma‘lumot I.A. Boduon de Kurtenega mansubdir. Lekin bungacha sharq
tilshunosligida garchi fonema termini bilan nomlanmagan bo‗lsa ham, lekin ma‘no
farqlash uchun xizmat qiladigan eng kichik tovush tipi haqidagi tushuncha mavjud
edi. Hind tilshunoslari, turkiyshunoslar bu tushunchaga alohida ahamiyat
berganlar. Xususan, Mahmud Qoshg‗ariy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad
Boburlar tovushning ma‘no farqlash tomoniga katta ahamiyat berganlar. Turkiy
tillarning fonetikasi yuzasidan Mahmud Zamahshariy ham fikr yuritadi va tovush
bilan tovush tipi bir-biridan farqlanadi.
O‗zbek tili fonologiyasining shakllanishida Alisher Navoiyning roli
beqiyosdir. Navoiyning tilshunoslik bo‗yicha merosini tadqiq etgan barcha olimlar
uning umumlashgan tovush tipini juda yaxshi farqlagani haqida ma‘lumot
beradilar. Darhaqiqat, Navoiy o‗zbek (turk) tilidagi tovush tiplarini so‗z tarkibida
ma‘no farqlash xususiyatiga qarab ajratadi. Bu usul hozirgi tilshunoslikda
36
fonologiya ilmida fonemalarni ajratishning eng ishonchli usuli sifatida keng
qo‗llanilmoqda.
Afsuski, bu usul Alisher Navoiy nomi bilan emas, balki N.S. Trubetskoy
nomi bilan bog‗lanmoqda. Bunga asosiy sabab shuki, N.S.Trubetskoy ana shu usul
asosida butun bir fonologik konsepsiya yaratdi, bu konsepsiya dunyo
tilshunosligiga keng tarqaldi.
Shunday qilib, hozirgi tilshunoslikda fonema nazariyasi I.A.Boduen de
Kurtene va uning shogirdlari nomi bilan bog‗lanadi.
Fonema termini tilshunoslikka Boduen tomonidan kiritildi. Boduen 1870
yildagi «XIX asrgacha bo‗lgan qadimgi polyak tili haqida» nomli magistrlik
dissertatsiyasida fonema haqida fikr yuritadi va uni etimologik — morfologik
birlik sifatida talqin etadi. Boduen de Kurtenening fonema haqidagi bu
konsepsiyasi ayni shu holda uning shogirdi N. V. Krushevskiy tomonidan
rivojlantirildi. I. A. Boduen de Kurtenening fonema haqidagi tushunchasi o‗zgarib
bordi. Xususan, «Slavyan tillari qiyosiy grammatikasining ayrim bo‗limlari»,
(1981 y.) asarida fonemani, bir tomondan, «so‗zning fonetik bo‗linmas qismi»
hisoblasa, iikinchi tomondan, morfemalar tarkibidagi tovush o‗zgarish
qonuniyatlarini hisobga olgan holda, boshqa mayda bo‗lakka bo‗linmaydigan
tovushlargina emas, balki morfema yoki so‗zning tarkibida bo‗lakka ajralmaydigan
bir butun holdagi ikki va undan ortiq tovushlar ham fonema bo‗lishi mumkinligini
ko‗rsatadi. Shu bilan birga xuddi shu yerning o‗zida fonemaning quyidagi ikki
farqli tomoni borligini ham ko‗rsatadi: 1) antropofonik (ya‘ni akustik—
artikulyatsion)
xususiyatlarning
oddiy
umumlashmasi,
morfemaning
harakatlanuvchi kyumponenti va ma‘lum mrfologik kategoriya belgisi.
XIX asrning 90-yillaridan boshlab, I.A. Boduen de Kurtenening fonemaga
oid qarashlarida psixologizm elementlari ko‗proq ko‗zga tashlanadi. Uning
fikricha, faqat insonning psixik mexanizmini taxlil qilish orqaligina til qonunlarini,
til mexanizmining vazifalari va taraqqiyotini anglab olish mumkin. Shundan kelib
chiqib, u o‗zining fonema haqidagi dastlabki fikrlarini o‗zgartiradi va fonemaga
sof psixologik ta‘rif beradi. Bu ta‘rifda fonema nutq materialida bevosita kuzatib
37
bo‗lmaydigan xodisa sifatida tavsiflanadi: 1894 yilda (polyak tilida ) yozilgan
"Fonetik alternatsiyalar nazariyasi yuzasidan tajriba" ("Opыt teorii foneticheskix
alternatsiy") nomli asarida u fonemani tovushlarning psixik ekvivalenti deb
ta‘riflaydi,
1
1912 yilda e‘lon qilingan "Fonema" nomli maqolasida
2
, shuningdek,
"Tilshunoslikka kirish" kitobida
3
ham olim shu fikrida qoladi: "...bizning
psixikamizda tovush xususida, aniqrog‗i, tovushni talaffuz qilish paytidagi
murakkab ish kompleksi haqida doimiy tasavvur shakllangandir. Biz uni fonema
deb ataymiz",- deydi u o‗z kitobida.
Tilshunoslikda fonologiyaning fan sifatidagi maqomi xususida ikki xil fikr
mavjud.
Birinchi fikrga ko‗ra, fonologiya fonetikaning o‗zi emas, chunki fonetika nutq
tovushlarini, fonologiya esa til tovushlarini o‗rganadi: nutq tovushlari haqidagi
ta‘limot (fonetika) aniq fizik xodisalarni, til tovushlari haqidagi ta‘limot
(fonologiya) esa shu tovushlarning lisoniy-vazifaviy xususuyatlarini tadqiq qiladi,
shunga ko‗ra ularning tadqiqot metodlari ham har xil: fonetika tabiiy fanlarning
tadqiqot metodlariga, fonologiya esa lingvistik tadqiqot metodlariga asoslanadi.
4
Ikkinchi fikrga ko‗ra fonologiyani fonetikadan ajratib bo‗lmaydi, chunki
muayyan tilning fonemalari tizimini, bu tizimdagi har bir fonemaning
"semantizatsiyalashgan" (fonologizatsiyalashgan) belgilarini shu tilning konkret
talaffuz xususiyatlarini o‗rganmasdan tadqiq qilib bo‗lmaydi. Demak, fonologiya
aslida fonetikaning o‗zi, faqat uning yuqori boskichi, xolos. Binobarin, fonolog bir
vaqtning o‗zida fonetist bo‗lmay iloji yo‗q, ayni paytda fonetist ham doimo (shu
jumladan, fonologiya paydo bo‗lgan davrgacha ham) ma‘lum darajada fonolog
bo‗lgan, chunki u umuman tovushni emas, balki til tovushlarini o‗rgangan.
5
Ma‘lumki, fonetikada tovush va bo‗g‗in segment birliklar, urg‗u va intonatsiya
(oxang) esa supersegment birliklar tarzida tavsiflanadi. Fonologiyada bu birliklar
lisoniy-vazifaviy xususiyat taqozosi bilan fonema (tovush), sillabema (bo‗g‗in),
1
Бодуэн де Куртенэ И.А. Опыт теории фонетических альтернаций. Избранные труды по общему языкознанию. М.,1963. Т.1.
2
Бодуэн де Куртенэ И.А. Фонема. Избранные труды по общему языкознанию, М., 1963. Т.1. С. 351-352.
3
Бодуэн де Куртенэ И.А. Введение в языкознание. Избранные труды по общему языкознанию, М., 1963. Т.2. С. 253 - 254 , 289 - 290 .
4
Трубецкой Н.С. Основы фонологии (русск. пер.) М., 1969. С. 9.
5
Щерба Л.В. Очередные проблемы языкознания. Изв. Академии Наук, ОЛЯ, 1945. T.4, Вып. 5. С. 185-186; Яна каранг: Аванесов Р.И.
Кратчайшая звуковая единица в составе слова и морфемы// История... языкознания. Хрестоматия. M.: Высшая школа, 1988. С. 195-
196.
38
aksentema (urg‗u) va intonema (intonatsiya, oxang) deb nomlanadi,
fonologiyaning o‗zi esa segmental fonologiya va supersegmental fonologiya kabi
ikki turga ajratiladi.
1
Segmental fonologiyaning asosiy birligi fonemadir, shunga ko‗ra u
fonematika, fonemika deb ham ataladi.
Supersegmental fonologiyaning birliklari esa sillabema, aksentema va
intonemadir, shunga ko‗ra u prosodiya (yoki prosidika) deb ham yuritiladi.
Fonemika, yuqorida aytib o‗tilganidek, segmental fonologiyaning ikkinchi
nomi bo‗lib, u fonlarnint fonemalarga birlashuvini o‗rganadi.
Fonema so‗zlar yoki morfemalarning tovush qobig‗ini farqlash orqali
ularning ma‘nolarini tafovutlash vazifasini bajaradigan eng kichik segment
birlikdir. Masalan, bur va bo‗r (segment birliklar - b,u,r va b,o‗,r) tuz va tur
(segment birliklar - t,u,z va t,u,r), "-man" va "-san" (segment birliklar -m,a,n va
s,a,n) kabi. Bunday segment birliklarning fonematik xususiyatlari so‗z tarkibidagi
tovushlar mikdorini orttirish yoki, aksincha, qisqartirish yo‗li bilan ham aniqlanishi
mumkin. Masalan, op so‗zi tarkibida ikkita segment birlik (o va r fonemalari bor),
zor, ozor, bozor so‗zlari tarkibida esa ularning soni ko‗proq: 3 ta ("zor"da), 4 ta
("ozor"da), 5 ta ("bozor"da) kabi.
Dostları ilə paylaş: |