Tadqiqotning tuzilishi va hajmi. Tadqiqot kirish, asosiy qism, xulosa va
foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxatidan iborat. Ishning hajmi 86 sahifani tashkil
qiladi.
7
KIRISH
INSON TILI – TOVUSH TILI
– Dastavval so‗z bo‗lgan! Ilk satrdanoq,
Meni lol etdi-ku murakkab jumboq.
Nima bo‗ldi ekan buning ma‘nosi,
Nahotki, so‗z bo‗lsa, olam asosi ? ...
( I.V.Gyote )
Ulug‗ nemis shoiri Gyote o‗zining ―Faust‖ nomli asarida olam va uning
qonuniyatlari haqida fikr yuritayotib, Alloh taoloning bir og‗iz ―Kun‖ ya‘ni
―Yaral‖ degan qudratli kalomi bilan butun olam yaralganligiga ishora qilgan desak,
xato qilmagan bo‗lamiz.
So‗zning buyuk qudrati, uning nutq imkoniyatlaridagi mana shunday
cheksizligi insonni hayvonot dunyosidan ajratibgina qolmay, uning borliqni
anglashi, moddiy olam bilan munosabatga kirishishiga zamin yaratdi.
O‗n sakkiz ming olamni ijod etgan Parvardigori olam ularda minglab
jonzodlarni yaratdi. Marhamatli ijodkorning irodasi bilan bu jonzodlarning
barchasida umumiyliklar mavjudki, ular yashash uchun kurashda birdek harakat
qiladilar. Ya‘ni tabiatdan nafas oladilar va oziqlanadilar. Ularning tana
tuzilishlarida ham o‗xshashliklar talaygina: bosh, qo‗l, oyoq, nafas olish, ovqat
hazm qilish jarayonlari va boshqalar.
Farobiy borliqni bilish haqida fikr yuritayotib, bilishni ikki bosqichga
bo‗ladi: xissiy (amaliy) bilish va idrokiy (nazariy) bilish deydi.
1
Uning
tushuntirishicha, amaliy bilishni besh sezgi organlarimiz yordamida his etamiz.
Xususan, rang ko‗rish sezgi organi orqali; ovoz eshitish organi orqali; maza-ta‘m –
maza sezgi organi orqali; predmetlarning holati: sovuq-issiqligi, qattiq-
yumshoqligi tana sezgisi orqali, hid hidlash organi orqali his etiladi.
Insonning sezgi organlari yordamida hosil qilgan bilimi hissiy yoki amaliy
bilim sanaladi. Bulardan tashqari inson hayol surish, nutq yordamida ham bilimga
1
Нурмонов А., Йўлдошев Б. Тилшунослик ва табиий фанлар. Тошкент: 1996 й. 18-бет
8
ega bo‗lishi mumkin. Bilishning bu yo‗li quvvai notiqa va quvvai mutaxayila
deyiladi. Notika (nutq) quvvati boshqa barcha quvvatlarning (sezgilarning)
yetakchisi, raisasidir.
1
Farobiyning yuqoridagi fikrlarini go‗yoki tasdiqlab, rus fiziologi I.P.
Pavlovning ikkinchi signal sistemasi haqidagi ta‘limoti insonning faoliyatida
tilning roli va ahamiyatini o‗rganishga qo‗shilgan katta hissa bo‗ldi. I.P. Pavlov
o‗zining bu ta‘limotida insonning fikrlash protsessida tilning rolini ko‗rsatib berdi
va fikrlash til orqali amalga oshirilish mumkinligini isbotladi.
I.P. Pavlov ta‘limoti bo‗yicha, inson ob‘ektiv borliqni ikki xil yo‗l bilan
qabul qiladi: a) narsa va hodisalarning kishining sezuv organlariga (eshitish,
ko‗rish, ta‘m bilish, hid bilish va teri orqali sezish) bevosita ta‘siri orqali – birinchi
signal sistemasi orqali; b) so‗zlarning ta‘siri orqali – ikkinchi signal sistemasi
orqali.
Ikkinchi signal sistemasi I.P. Pavlov ta‘biri bo‗yicha, til tushunchasi bilan
teng bo‗lib, ob‘ektiv borliqni bilishda juda muhim rol o‗ynaydi.
2
Birinchi signal sistemasi ham hayvonlarga, ham insonlarga xos bo‗lsa,
ikkinchi signal sistemasi esa faqat insonga xosdir.
I.P. Pavlovning ikkinchi signal sistemasi haqidagi nazariyasi insonning nutq
faoliyatini tushunishga katta yordam beradi. Demak, ob‘ektiv borliqni o‗rganishda
tilning tafakkur vositasi sifatidagi roli nihoyatda buyukdir.
Darhaqiqat, faylasuflarning yuqoridagi fikrlaridan kelib chiqib, tabiatdagi
barcha jonzodlarning orasida odamzodga xos alohida sifatlar bular fikr qilish va
so‗zlash qobiliyatidir. Ana shu sifatlarni o‗rta asrlarning yetuk donishmandi, so‗z
mulkining sultoni Alisher Navoiy o‗zning Hayrat-ul Abror dostonida qisqa
satrlarda juda ham keng ma‘noli qilib ifodalab, ushbu misralar bilan hayot
haqiqatini chiroyli tasvirlab bergan.
Insonni so‗z ayladi judo hayvondin
Bil kim guhari sharifroq yo‗q ondin.
(Alisher Navoiy)
1
Абу Наср Фаробий. Фозил одамлар шаҳри. Тошкент, 1983, 151-бет.
2
Содиқов А., Абдуазизов А., Ирисқулов М. Тилшуносликка кириш. Т.: ―Ўқитувчи‖. 1981. 21-бет.
9
Inson makon tutgan borliq – tabiat va jamiyat muntazam o‗zgarishda,
rivojlanishda bo‗ladi. Uning mohiyatni anglashga, borliq jumboqlarini yechishga
bo‗lgan qiziqishi, ehtiyoji sabab, tafakkuri kengayib, yuksalib boradi. Inson
tafakkurining rivojlanganlik darajasini hozirgi davr fan taraqqiyoti namoyon etadi.
Inson ongining bu darajada rivojlanishida til eng muhim omil va vosita bo‗lgani
shubhasizdir.
Borliqni anglashning asosi til (nutq) ekanligini bir qancha faylasuflar ham
e‘tirof etishgan. Jumladan, hozirgi zamon (modernistik) falsafasida ekzistensializm
(―mavjudlik falsafasi‖) oqimining asoschilaridan biri Martin Xaydegger tilga
shunday yuksak baho beradi: ―Til – insoniyat boshpanasi‖, ―Til – borliqning uyi‖
1
.
Falsafa
fanining
yetakchilaridan
yana
biri,
G‗arbiy Yevropada
tilshunoslikning asoschilaridan hisoblanuvchi Vilgelm fon Gumboldt tilning
mohiyatiga yana ham yaqinroq yondashib shunday yuksak baho beradi va dunyoni
anglashning asosi til ekanligini ilmiy jihatdan asoslab berdi. U ―Til – inson va
borliq o‗rtasidagi oraliq dunyo‖
2
deydi. Ushbu yondashuvdan shu narsa ma‘lum
bo‗ladiki, inson va borliq uzvlarini bir-biriga birlashtirib turuvchi rishta til
ekanligi, til bilimlarni hosil qiluvchi manbaa ekaniga amin bo‗lamiz.
Har qanday bilim insonning borliq bilan munosabatidan kelib chiqadi. Bu
munosabatni til va tafakkur amalga oshiradi. Inson tilsiz borliq bilan munosabatga
kirisha olmaydi, buning oqibatida hech qanday bilim yuzaga kelmaydi. Boshqacha
qilib aytganda, miyada paydo bo‗ladigan har qanday oddiy tushuncha til orqali,
nutq tovushlari birikmalari orqali, ya‘ni so‗z orqali ifodalanmas ekan, bunday
tushuncha o‗zicha hech kimga, xatto, fikr qiluvchining o‗ziga ham ma‘lum
bo‗lmaydi. Shuning uchun ham tarixda birorta tovush tilisiz kishilik jamiyati
bo‗lmagan va bo‗lishi ham mumkin emas.
Inson tili – tovush tilidir. U nutq tovushlaridan tashkil topadi. Fikr almashish
uchun foydalaniladigan so‗zlar va gaplar, albatta, tovushlar silsilasida o‗z ifodasini
topadi.
1
Гуннар Скирбекк, Нилс Гилье, Фалсафа тарихи (таржима), 2002, 467-468 бетлар.
2
Абдуллаев Ғ., Фалсафанинг тарихий ривожланиш босқичлари. Андижон., 1996 й.
10
Til kishilarning eng muhim aloqa vositasi sifatida nutqiy jarayon orqali
bevosita voqelanadi. Nutqiy jarayon esa so‗zlovchi va tinglovchilarning o‗zaro fikr
almashuvidan iboratdir. Bu jarayonda so‗zlovchi ob‘ektiv olam haqidagi
bilimlarini tovush signallari orqali tinglovchiga uzatadi. U ob‘ektiv borliqdagi
ma‘lum voqea-hodisa haqida axborot tashuvchi asosiy vositadir. Bundan axborot
tashishning boshqa yo‗llari ham borligi ma‘lum bo‗ladi. Masalan, yo‗l harakatidan
ma‘lumot beruvchi vositalar, yo‗ldan o‗tish-o‗tmaslik xabarini beruvchi vositalar va
boshqalar. Bu jihatdan til ham axborot berish uchun xizmat qiladigan yuqoridagi vositalar
sirasida turadi. Ularning hammasi uchun umumiy narsa, avvalo, o‗zi haqida va shu bilan
birga borliqdagi ma‘lum narsa-hodisalar haqida ma‘lumot berishdir. Bunday vositalar
belgilar deb nomlanadi. Inson o‗zini qurshab turgan olamni bilish jarayonida olam
unsurlarini obrazlar orqali ongida aks ettiradi va bu ongda aks etgan olam unsurlari belgi
orqali ifodalanadi. Sotsial axborotning har qanday moddiy ifodalovchilari belgi
hisoblanadi.
1
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Gumboldt falsafasidan kelib chiqib,
insonning nutq tovushlari signali orqali ifodalangan tilni ―oltin halqa‖ga o‗xshatish
mumkin. Bu ―oltin halqa‖ insoniyat va borliq uzvlarini o‗zida birlashtiradi va
bundan keyin ham jamiyat uchun zarur bo‗lgan yangidan-yangi bilimlarni kashf
qilaveradi.
Dostları ilə paylaş: |