— un paychalari tinch holatda turganda, ularning oralig‗i ochiq bo‗ladi,
natijada nafas apparatidan kelayotgan havo oqimi shu oraliqdagi paychalarni
14
— ovoz paychalari tortilgan (taranglashgan)da, ular orasidagi ochiq bo‗shliq
yumuq holatga keladi, natijada havo oqimining yo‗li to‗siladi, havo oqimi
taranglashgan un paychalariga urilib, davriy tebranishni yuzaga keltiradi. Bunday
tebranish ovozni (asosiy tonni) hosil qiladi (4-a, b rasm). Shuning uchun bo‗g‗iz
bo‗shlig‗i ovoz manbai hisoblanadi. Ovoz esa unli tovushlarni, jarangli va sonor
undoshlarni shakllantirishda fizik komponent sifatida qatnashadi;
— ovoz paychalari bo‗shroq tortilgan holatda shu paychalar orasida torroq bo‗shliq
yuzaga keladi, havo oqimi shu bo‗shliqdan sirg‗alib, ishqalanib o‗tadi, ammo un
paychalarini tebratmaydi, natijada shovqin hosil bo‗ladi, bu shovqin pichirlab yoki
shivirlab gapirganda qo‗llanadi (4- v rasm);
d) halqum – bo‗g‗izdan yuqoriroqda joylashgan bo‗shliq. U uch qismdan iborat:
pastki qismi hiqildoq (bo‗g‗iz)ga tutashgan o‗rni; o‗rta qismi – halqumning og‗zi;
yuqori qismi – burun bo‗shlig‗iga va eshitish paylariga birikkan (tutashgan) qismi;
ye) og‗iz bo‗shlig‗i — til, kichik til, tishlar, lablar, lunjlar, qattiq va yumshoq
tanglay, til osti muskulidan iborat apparat;
Dostları ilə paylaş: