Umumiy tilshunoslik



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/90
tarix31.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#113317
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   90
umumiy tilshunoslik

«Asos  ul-balog‘a»  («Chechanlik  asoslari»)    -  bu  asar  ham   

lug‘atshunoslikka oid.     



 

ALISHER NAVOIY VA UNDAN KEYINGI  DAVR 

 TILSHUNOSLIGI 

   XV  asrning  2-  yarmida  O‘rta  Osiyoda  yetishib  chiqqan  buyuk  mutafakkir, 

she’riyat  sultoni,  o‘zbek  adabiy  tilining  himoyachisi  va  targ‘ibotchisi  Alisher 

Navoiy  (1441-1501)  tilshunoslik  tarixida  ham  yorqin  iz  qoldirgan  ulkan 

siymolardan  biri.    “Malikul  shuaro”  deb  sharaflangan  she’riyat  sultoni  o‘zining 

turkiy tilda yaratgan asarlari bilan o‘zbek tilining amaliy rivojiga, lisoniy qarashlari 

aks etgan tilshunoslikka oid asarlari bilan tilshunoslik fanining shakllanishiga katta 

xizmat qildi.  Alisher Navoiyning «Muhokamat ul-lug‘atayn» (1499) asari 2 til – 

o‘zbek  va  fors  tillarining  qiyosiy  tahliliga  bag‘ishlangan  bo‘lib,    unda  mazkur 



tillarning  umumiy  va  farqli  xususiyatlari  tahlil  qilingan,  mazkur  tillar  haqida 

muhim ma’lumotlar  beriladi.  

Mazkur  asarda  til  va  tafakkur  orasidagi  munosabat,  tillarning  kelib  chiqishi, 

so‘z  ma’nosi,  so‘zning  shakl  va  ma’no  munosabatiga  ko‘ra  turlari,  so‘zlarning 

yasalish imkoniyatlari, morfologik kategoriyalar, so‘zning va tovushning  nutqdagi 

o‘rni  va  ahamiyati  kabi  hodisalarni  keng  tahlil  qiladi.  O‘zbek  va  fors  tillarini 

muhokama  qilish  orqali  o‘zbek  tilining  adabiy-badiiy  asarlar  yaratishga  mos 

ulug‘vor til ekanligi,  til boyligi va imkoniyatlari, istalgan, xususan, fors tili bilan 

bemalol  raqobat  qila  olishi  va  hatto  o‘zib  keta  olishi    mumkinligini  tasviriylik 

imkoniyatlari  nuqtai  nazaridan  (jumladan,  100ta  fe’l  misolida)  asoslab  bergan. 

Navoiyning ushbu asari nafaqat o‘zbek tilining nufuzini ko‘tarishga, balki qiyosiy 

tilshunoslikka  va  tilshunoslik  nazariyasiga  ham  katta  hissa  qo‘shgan  ilmiy  asar 

hisoblanadi.    


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin