O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/244
tarix31.12.2021
ölçüsü1,67 Mb.
#113534
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   244
1-Эпид-амал.машг.(1)

 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
129 
MAVZU 12. SALMONELLYOZLARNING EPIDEMIOLOGIYASI, 
PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIOLOGIK NAZORATI 
1. Mashg’ulotning maqsadi: Salmonellyozlar epidemiologiyasi, profilaktikasi 
va epidemiologik nazorati bilan tanishtirish. 
2.O’qish  joyi  va  vaqti:  4  soat  amaliy  mashg’ulot,  2  soat  mustaqil  ish. 
Mashg’ulot epidemiologiya kafedrasida o’tkaziladi. 
3.Ushbu mavzuni o’tgach talaba quyidagilarni bilishi kerak: 
3.1.  Aholining  yuqumli  kasalliklar  bilan  kasallanishida  salmonellyozlarning 
o’rni. 
3.2. Salmonella tifimurium gospital shtammining o’ziga xos xususiyatlari va 
salmonellyozlar qo’zg’atuvchilarining turlari. 
3.3.  Salmonellyozlarning  sporadik  va  guruh-guruh  bo’lib  kasallanishida 
epidemik  jarayon  rivojlanishi  mexanizmi  va  namoyon  bo’lishining  o’ziga  xos 
xususiyatlari. 
3.4.  Salmonellyozlarning  antroponoz  va  zooantroponoz  shaklda  tarqalishi  va 
ularda epidemik jarayonning o’ziga xos xususiyatlari. 
3.5.  Salmonellyozlarning  yosh  bolalar  orasida  tarqalishida  epidemik 
jarayonning o’ziga xos xususiyatlari. 
3.6. Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarning samaradorligi. 
3.7. Epidemiologik nazoratni tashkil etish. 
4. Talaba mashg’ulot davrida quyidagilarni o’rganishi kerak: 
4.1.  Salmonellyozlarning  sporadik  va  guruh-guruh  bo’lib  kasallanishida 
epidemik jarayon rivojlanishini baholash, uning rivojlanish shart-sharoitlarini ocha 
bilish. 
4.2.     Salmonellyozlarning    epidemik     o’choqlarida    epidemiyaga qarshi 
chora-tadbirlarni tashkil etish va o’tkazish.  
5. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi. 
5.1.  Kirish,  mashg’ulot  maqsadini  tuShuntirish  va  mavzu  ma’nosini  anglab 
olish. 
5.2. Talabalarning Shu mavzu yuzasidan bazis bilimini aniqlash. 
5.3.  Salmonellyozlarning  epidemiologiyasiga  taalluqli  savollarni  muhokama 
qilish. 
5.4. 
Salmonellyozlar 
tarqalishida 
hayvonlarning 
va 
odamlarning 
epidemiologik ahamiyati. 
5.5.   Salmonellyozlarning   yuqish   yo’llari   va   mexanizmi,   oziq-ovqat va 
maishiy-muloqot yuqish yo’llarini tavsifi. 
5.6.  Salmonellyozlar  bilan  kasallanishning  ko’p  yillik  va  bir  yillik 
dinamikasining  o’ziga  xos  xususiyatlari,  salmonellyozlar  bilan  kasallanishning 
aholi guruhlari orasida tarqalganligi. 
5.7. Salmonellyozlarda epidemiyaga qarshi va profilaktik chora-tadbirlar. 
5.8. Salmonellyozlarda epidemiologik nazoratning mazmuni. 
5.9. Holatiy masalalarni yechish. 
5.10. O’tkazilgan mashg’ulotning o’zlashtirilganligini tekshirish. 
5.11. Keyingi mashg’ulotga vazifa berish. 


 
130 
6. Talabalarning mustaqil ishi. 
6.1. Mavzu bo’yicha tavsiya qilingan adabiyotlarni o’rganish. 
6.2. Axborot uchun materiallarini o’rganish. 
6.3. Mavzuga tegishli masalalarni yechish. 
6.4.Salmonellyozlarning epidemiologik nazorati sxemasini tuzish.  
7. Tavsiya etilgan adabiyotlar: 
7.1. Belyakov V.D., Yafaev R.X. Epidemiologiya M. 1989 y. 382-386 bet. 
7.2.  Salmonellyoz  pod.red.  Pokrovskogo  V.I.,  Kilesso  V.D.  i  dr.  Toshkent 
1989 y. 
7.3. Salmonellyoz Usmanov M.K., Mirtazaev O.M. Toshkent 1991 y. 
7.4.  O.M.Mirtazaev.  "Salmonellyozlar  va  ularning  oldini  olish".  Toshkent 
1993. Ibn Sino nashriyoti. 
7.5. Ma’ruza "Salmonellyozlarning epidemiologiyasi va profilaktikasi". 
7.6. O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi 1993y. 06.10. 491- 
buyrug’i  "O’zbekiston  Respublikasida  salmonellyoz  kasalliklarini  oldini  olish 
chora-tadbirlari haqida". 
7.7. SanPiN 0005-95 "Sanitarno-protivoepidemicheskie pravila ispolzueme v 
epidemiologicheskom nadzore za salmonellyozami". 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin