O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/244
tarix31.12.2021
ölçüsü1,67 Mb.
#113534
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   244
1-Эпид-амал.машг.(1)

Maxsus profilaktika. Rejali ravishda emlashga kasallanish bo’yicha noqulay 
tabaqalar jalb qilinadilar, bularga kasallanish bo’yicha noqulay ahvoldagi joylarga 
ko’chib  kelganlar kiradi.  Ular ko’chib kelishdan  oldin o’z  joylarida  yoki  ko’chib 
kelganlaridan so’ng yangi joylarida darhol emlanishlari lozim. Bunda albatta yangi 
ko’chib  kelgan  joydagi  kasallanishning  mavsumiy  ko’tarilish  vaqtini  e’tiborga 
olish  kerak.  Profilaktik  emlashga,  shuningdek,  qurilish  ishchilari  va  ulariing 


 
127 
oilalari  xam  yangi  qurilish  ob’ektlariga  toza  suv  berilishini  ta’minlangunga  qadar 
jalb  qilinadilar.  Agarda  ma’lum  bir  tabaqaga  tegishli  aholi  ich  terlama  va  paratif 
kasalliklari  bo’yicha  kasallanish  yuqori  darajadagi  joylarga  mavsumiy  ishlarga 
ketayotgan  bo’lsalar,  ularga  xam  profilaktik  emlash  o’tkaziladi.  Rejali  ravishda 
emlash  kanalizatsiya  tarmoqlari  va  aholi  yashaydigan  joylarda  tozalash  ishlarini 
olib boruvchi ishchilarga, yuqumli shifoxonalar tibbiyot xodimlariga, bakteriologik 
laboratoriya  ishchilariga,  shaharlararo  suv  transportida  ishlovchi  xodimlarga, 
umumiy  ovqatlanish  korxonalaridagi  ishchilarga,  ularning  atrofida  surunkali 
tashuvchilar  bo’lgan  hollarda  o’tkaziladi.  Sanitariya  epidemiologik  jihatdan  uzoq 
muddat  nosog’lom  vaziyatda  bo’lgan  aholi  punktlarida  barcha  aholiga  emlash 
o’tkaziladi  (epidemik  xavflilik  darajasi  16  balldan  yuqori).  Yuqori  kasallanish 
xavfi yuzaga kelgan hollarda har qanday hududlarda epidemiologik ko’rsatmalarga 
binoan  aholi  orasida  aktiv  emlash  ishlarini  tashkil  etish  va  o’tkazish  zarur. 
Masalan:  tabiiy  ofatlar  yuz  berganda  epidemik  avj  olishlar  yuz  berishi  mumkin. 
Agarda  ich  terlamaning  avj  olishi  yuz  bergan  bo’lsa,  vaksinatsiya  o’tkazish 
maqsadga muvofiq emas. Immunitetning hosil bo’lish vaqtini hisobga olgan holda 
emlash  ishlarini  mavsumiy  ko’tarilishdan  3-4  hafta  oldin  boshlash  maqsadga 
muvofiq.  Barcha  emlanganlar  063/x  shaklga  va  064/x  shaklga  hisobga  olinadilar, 
bunda  albatta  emlanish  vaqti,  dozasi  ko’rsatilishi  kerak.  Ich  terlamaga  qarshi 
emlash  uchun  hozirgi  vaqtda  ikki  xil  vaksina  preparati  qo’llaniladi:  kimyoviy 
sorbitlangan  ich  terlama  vaksinasi  (katta  yoshdagilarni  emlash  uchun)  va  Vi-
antigen bilan boyitilgan spirtli ich terlama vaksinasi (kichik yosh dagilarni emlash 
uchun). 
Revaksinatsiya  1  yildan  keyin  o’tkaziladi,  biroq  epid.ko’rsatmalarga  binoan 
bir necha oylardan keyin ham o’tkazilishi mumkin. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin