O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Vabo o’chog’ini cheklash va bartaraf qilish



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/244
tarix31.12.2021
ölçüsü1,67 Mb.
#113534
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   244
1-Эпид-амал.машг.(1)

Vabo o’chog’ini cheklash va bartaraf qilish 
 
Vaboning  epidemik  o’chog’i  dastlabki  bemor  yoki  vibrion  tashuvchi 
aniqlanishi  bilan  favqulodda  epidemiyaga  qarshi  komissiyaning  (FEKK) 
ko’rsatmasiga  asosan  viloyat,  shahar  yoki  tuman  hokimligining  qaroriga  binoan 
e’lon qilinadi. 
1.Vabo bilan kasallangan bemor yoki vibrion tashuvchi aniqlangan uylar yoki 
binolar  guruhi,  aholi  yashash  punktlarining  bir  qismi  yoki  butunlay  to’liq  aholi 
yashash punkti vaboning o’chog’i deb hisoblanadi. 
2. Infeksiyaning yuqtirish omillari va tarqalish yo’llari hisobga olingan holda, 
epidemiologik tekshirish natijalari asosida vabo o’chog’i chegaralari aniqlanadi. 
3.  Vabo  o’chog’ida  epidemiyaga  qarshi  chora-tadbirlar  o’tkazish  ustidan 
umumiy  rahbarlik  va  nazorat  qilish  viloyat,  shahar  yoki  tuman  FEKK  tomonidan 
amalga oshiriladi. 
4.  FEKK  tibbiy  shtabi  barcha  xizmatlar  xodimlari  orqali  bevosita  vaboga  
qarshi chora-tadbirlar majmuasini tashkil etadi. 
5.  O’choqni  cheklash  va  bartaraf  qilish  ishlari  epidemiyaga  qarshi  chora-
tadbirlar operativ ish rejasi asosida olib boriladi. 
6.  Operativ  reja  ma’muriy  hudud  tibbiy  xizmati  tomonidan,  manfaatdor 
tashkilotlar,  korxonalar,  muassasalar  ishtirokida  ishlab  chiqiladi  va  davolash, 
epidemiyaga  qarshi  kurashish,  profilaktik,  laboratoriya,  ma’muriy-xo’jalik, 


 
153 
shuningdek  o’choqni  tugatishga  qaratilgan  boshqa  xizmatlar  faoliyatini 
ta’minlashning aniq chora-tadbirlarini ko’zda tutadi. Shu jumladan: 
- maslahatchilar (konsultant) guruhini aniqlash; 
- zaruriy asbob-uskuna (jihoz) bilan ta’minlash tartibi va hisobi; 
- epidemiologik vaziyat to’g’risida ma’lumot berish tartibi; 
-  yakka-yakka  yoki  ommaviy  kasallanish  yuz  bergan  holatlarda  gospital  va 
laboratoriya  bazalari  imkoniyatini  aniqlash  hamda  ularni  tashkil  qilishning  tartibi 
va ta’minoti; 
- qo’shimcha transport ajratish va aloqa vositalari bilan ta’minlash; 
- bemorlarni aniqlash va gospitalizatsiya qilish; 
- muloqotda bo’lganlarni alohidalash; 
- o’choqda dezinfeksiya ishlarini bajarish; 
- FEKK (favqulotda epidemiyaga qarshi komissiya) ishini takomillashtirish; 
- o’choqni epidemiologik tekshirish; 
- o’lganlarni qidirib topish va ularni ko’mish; 
- karantin chora-tadbirlar; 
- bemorlarni davolash; 
- muloqotda bo’lganlarga nisbatan shoshilinch profilaktika o’tkazish; 
- yakuniy dezinfeksiya; 
- sanitariya maorifi ishlari; 
- dispanser nazorati; 
- maxsus laboratoriyalar tashkil qilish; 
- harakatdagi (ko’chma) epidemiologik guruhlar tuzish; 
 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin