41
EPIDEMIYAGA QARSHI KURASHISH ISHLARINI TASHKIL
QILISH
1. Maqsad: Talabalarni epidemiyaga qarshi kurashish ishlariga rahbarlik
qilish va uni boshqarishning umumiy yo’l-yo’riqlari bilan tanishtirish. Sanitariya
va epidemiologiya xizmatining umumiy tuzilishi, vazifalari va faoliyatini
o’rganish. Tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi,
epidemiologiya bo’limi va epidemiolog vrachlarning vazifalari bilan tanishtirish
2. Mashg’ulot uchun ajratilgan vaqt — 3 soat.
3. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi:
3.1. Mashg’ulot tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazida
olib boriladi.
3.2. Kirish so’zi va talabalarning shu mavzu yuzasidan bilimlarini aniqlash.
3.3. Amaliy mashg’ulot savollarini muhokama qilish:
a) Epidemiyaga qarshi kurashish ishlarini tashkil qilish.
b)
Boshqaruvchi shaxslar, ularning vazifalari.
v
) Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi epidemiologiya
bo’limining tuzilishi, javobgar shaxslarning vazifalari.
g) Sanitariya va epidemiologiya xizmatini boshqarishning tuzilishi va uning
tarkibiy qismlari.
d) Epidemiyaga qarshi kurashish tizimida gorizontal va vertikal bog’lanishlar.
e) Epidemiyaga qarshi kurashish tizimining tibbiy va notibbiy vositalari.
j) Mutaxassislarning vazifalari, epidemiologo-diagnostik, tashkiliy-uslubiy,
bajaruvchilik va nazorat qilish faoliyatlari.
z) Epidemiyaga karshi kurashish ishlarini amalga oshiruvchilarning huquq va
majburiyatlarini ifodalovchi Respublika Sog’liqni saqlash vazirligining qaror va
ko’rsatmalari.
i) Mavzuga taalluqli hujjatlarni o’rganish.
3.4. Xulosa.
4. Ushbu mavzu bo’yicha talabalar quyidagilarni bilishlari shart:
4.1. Epidemiyaga qarshi kurashish xizmatining tashkiliy tuzilishi va bunda
sanitariya epidemiologiya idoralarining tutgan o’rni.
4.2. Epidemiyaga qarshi kurashish tizimidagi javobgar shaxslar va
mutaxassislarning vazifalari.
4.3. Tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi epidemiologiya
bo’limida ish yuritishni bilish.
4.4. Epidemiyaga qarshi kurashish tizimining tashkiliy tuzilishidagi idoralar,
bo’limlarning bajaradigan ishlari va bu idoralar xodimlarining ishlarini o’zaro
bog’liqligini asoslab berish.
4.5. Mavjud ish rejalarini tahlil qilish va bu rejalarning qaysi turga
mansubligini aniqlashni bilish.
5. Talabalar o’rganishlari lozim bo’lgan amaliy malakalar:
5.1. Tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi epidemiolog
vrachining amaliy ish uslubi mazmunini o’zlashtirish.
42
5.2. Yuqumli kasalliklarning hisob-kitobini bilish.
5.3. Epidemiologik diagnostika uslublarini o’zlashtirish.
5.4. Yuqumli kasalliklarning kundalik va o’tgan davrga asoslanib qilinadigan
tahlil usullarini o’zlashtirish va ularni amaliyotda qo’llash.
5.5. Mahalliy hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan bo’ladigan
asosiy aloqalarning maqsadini va shaklini bilish.
6.1. Shu mavzuga taalluqli axborot uchun ma’lumotlar, ma’ruza va
adabiyotlardagi ma’lumotlar bilan tanishish.
6.2. Sanitariya epidemiologiya xizmatining tuzilishini belgilovchi rasmiy
hujjatlar bilan tanishish.
6.3. Tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazining tashkiliy
tuzilishini o’rganish.
6.4. Tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi epidemiologiya
bo’limi mutaxassislarining ro’yxatini tuzish, ularning vazifalarini quyidagi tartibda
tahlil qilish: epidemiologik diagnoz qo’yish, metodik nazorat qilish, tashkilotchilik
va boshqaruvchilik vazifalarini tartib bilan daftarga yozish.
6.5. Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi epidemiologiya
bo’limiga keladigan axborot tizimi bilan tanishish.
6.6. Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi epidemiologiya
bo’limining xizmatchilari tabaqalarini tasvirlash (rahbar, mutaxassis, texnik
xodimlar).
6.7. Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi epidemiologiya
bo’limidagi hisob - kitob hujjatlari ro’yxatini tuzish.
6.8. Ushbu mavzuga taalluqli quyidagi masalalarni yechish.
1-Masala:
Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi bo’limini tekshirish
vaqtida markaziy hisoblash boshqarmasi tomonidan tavsiya qilingan hujjatlar
qatorida yana 40 ga yaqin mazkur boshqarma tomonidan tavsiya qilinmagan
hujjatlar borligi va ba’zi tavsiya qilingan hujjatlar ham eskirib qolganligi va pala-
Dostları ilə paylaş: