www.ziyouz.com кутубхонаси
18
ila o’ralmish insonlarning iffat pardasi yirtilmas. Va bu chodir shunday muborakdurki, ancha-muncha
sahv-xatolarni berkitub yo’q qilur.
Ibn Sino hakim: «Insonda doim turadurgan husn va latofat hayo ila iffatdur. Hayosiz yuz jonsiz
jasad kabidur», – demish.
Rasuli akram nabiyyi muhtaram afandimiz: «Alhayo minal imoni» – Hayo imondandur, «Izo lam
tastah faasna’ moshi’ta» – Hayo qilmaz esang, istagan ishingni ishla», – demishlar. Muhiddin:
«Insonning suratidagi qizillik sekin-sekin ketar, hayo qizilligi aslo ketmas. Yoshlik husnining qizil rangi
hayo ila ziynat-latofatga ega bo’lur», – demishlar.
Suqrot hakim: «Xotunlarning eng go’zali hayo va iffat pardasiga o’ralganlaridur», – demish.
Hayo nomus, imona dalildur,
Hayosiz doimo xor-u zalildur.
Uyalma ma’rifat hosil qiluvdan,
Maorifsiz kishilar murda dildur.
IDROK VA ZAKO
Idrok va zako deb ochuq fikrli, xushtabiat, ziyrak bo’lmakni aytilur. Idrok va zako yaxshi
xulqlarning ravzayi rizvoni, ibrat ko’zlarining nuri rahmoniysidur. Chunki idrokli kishilarning har bir
maqsadi ostida yashirin o’lg’an zamirlarning ma’nolari na yerdan borib chiqishini bilur. Ilm-u ma’rifat
sohibi bo’lmak uchun sa’y va g’ayrat kerak o’ldig’i kabi zehn va idrokning ham salomat bo’lmog’i
shartdur. Shuning uchun yoshlikdan boshlab zehn va idrokimizni quvvatlandurmak uchun aziz
umrimizni o’yin-kulgi, safsata, moloya’ni kabi behuda so’zlar ila o’tkarmay, har xil kitob, g’azita va
jurnallarni o’qub, fikrimizni ochmoq, zehnimizni quvvatlandurmak lozimdur. Zehnsiz kishilarning
o’lchovsiz so’zlari o’zlarini uyaltirgoni kabi eshituvchini ham zeriktirur.
Har kishining fikr, idrokin so’zi bildurg’usi,
Pistayi bemag’z agar lab ochsa rasvo bo’lg’usi.
Idrok sohibi o’zini fozil va ulug’ bilub hamjinslariga haqorat ko’z ila boqub: «Bilasanmi? Man
qanday boy va obro’li kishiman» deb maqtanub, o’zini katta qilub ko’rsatmas. Ustiga yuklangan diniy,
milliy va maishiy vazifalarini har birini o’z vaqtida ado qilur. Mana, shunday kishilar ikki dunyoda
obro’lik bo’lub o’lganlaridan so’ng «faloni xo’b, yaxshi zot edi, Xudo rahmat qilsun, millatga ko’p
xizmat qildi, xalqg’a foyda yetkurdi», deb boshqalar tarafidan maqtalurlar. Hushyor va ziyrak kishilar
kuch va quvvatlari bor vaqtida keladurgan zamonlarini tushunib, pul va mollarini o’rinsiz yerlarga, to’y
va ma’rakalarga haddan ortiqcha isrof qilmaslar, o’zlarining rohati, bola-chaqalarining saodati uchun
kerak bo’ladurgan yer va bog’larini sotmaslar, zamonaga muvofiq kishi qilmak uchun bolalarini
o’qitmak va tarbiya qilmak to’g’risida aqchalarini aslo qizg’anmaslar.
Idrok ila aqling-la ayur yaxshi yomonni,
Behudaga sarf etma shu qimmatli zamonni,
Sa’y et, jadal et, ilm-u fununa harakat qil,
Boq, nayladilar hikmat ila ushbu jahonni.
Dostları ilə paylaş: |