Microsoft Word turkiy guliston ziyouz com doc



Yüklə 256,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/74
tarix12.01.2022
ölçüsü256,56 Kb.
#113779
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   74
Abdulla Avloniy. Turkiy Guliston yoxud axloq

www.ziyouz.com кутубхонаси 

18

ila o’ralmish insonlarning iffat pardasi yirtilmas. Va bu chodir shunday muborakdurki, ancha-muncha 



sahv-xatolarni berkitub yo’q qilur. 

Ibn Sino hakim: «Insonda doim turadurgan husn va latofat hayo ila iffatdur. Hayosiz yuz jonsiz 

jasad kabidur», – demish. 

Rasuli akram nabiyyi muhtaram afandimiz: «Alhayo minal imoni» – Hayo imondandur, «Izo lam 

tastah faasna’ moshi’ta» – Hayo qilmaz esang, istagan ishingni ishla», – demishlar. Muhiddin: 

«Insonning suratidagi qizillik sekin-sekin ketar, hayo qizilligi aslo ketmas. Yoshlik husnining qizil rangi 

hayo ila ziynat-latofatga ega bo’lur», – demishlar. 

Suqrot hakim: «Xotunlarning eng go’zali hayo va iffat pardasiga o’ralganlaridur», – demish. 

 

Hayo nomus, imona dalildur,  



Hayosiz doimo xor-u zalildur.  

Uyalma ma’rifat hosil qiluvdan,  

Maorifsiz kishilar murda dildur. 

 

IDROK VA ZAKO 

 

Idrok va zako deb ochuq fikrli, xushtabiat, ziyrak bo’lmakni aytilur. Idrok va zako yaxshi 



xulqlarning ravzayi rizvoni, ibrat ko’zlarining nuri rahmoniysidur. Chunki idrokli kishilarning har bir 

maqsadi ostida yashirin o’lg’an zamirlarning ma’nolari na yerdan borib chiqishini bilur. Ilm-u ma’rifat 

sohibi bo’lmak uchun sa’y va g’ayrat kerak o’ldig’i kabi zehn va idrokning ham salomat bo’lmog’i 

shartdur. Shuning uchun yoshlikdan boshlab zehn va idrokimizni quvvatlandurmak uchun aziz 

umrimizni o’yin-kulgi, safsata, moloya’ni kabi behuda so’zlar ila o’tkarmay, har xil kitob, g’azita va 

jurnallarni o’qub, fikrimizni ochmoq, zehnimizni quvvatlandurmak lozimdur. Zehnsiz kishilarning 

o’lchovsiz so’zlari o’zlarini uyaltirgoni kabi eshituvchini ham zeriktirur. 

 

Har kishining fikr, idrokin so’zi bildurg’usi,  



Pistayi bemag’z agar lab ochsa rasvo bo’lg’usi.

 

 



Idrok sohibi o’zini fozil va ulug’ bilub hamjinslariga haqorat ko’z ila boqub: «Bilasanmi? Man 

qanday boy va obro’li kishiman» deb maqtanub, o’zini katta qilub ko’rsatmas. Ustiga yuklangan diniy

milliy va maishiy vazifalarini har birini o’z vaqtida ado qilur. Mana, shunday kishilar ikki dunyoda 

obro’lik bo’lub o’lganlaridan so’ng «faloni xo’b, yaxshi zot edi, Xudo rahmat qilsun, millatga ko’p 

xizmat qildi, xalqg’a foyda yetkurdi», deb boshqalar tarafidan maqtalurlar. Hushyor va ziyrak kishilar 

kuch va quvvatlari bor vaqtida keladurgan zamonlarini tushunib, pul va mollarini o’rinsiz yerlarga, to’y 

va ma’rakalarga haddan ortiqcha isrof qilmaslar, o’zlarining rohati, bola-chaqalarining saodati uchun 

kerak bo’ladurgan yer va bog’larini sotmaslar, zamonaga muvofiq kishi qilmak uchun bolalarini 

o’qitmak va tarbiya qilmak to’g’risida aqchalarini aslo qizg’anmaslar. 

 

Idrok ila aqling-la ayur yaxshi yomonni,



 

Behudaga sarf etma shu qimmatli zamonni,  

Sa’y et, jadal et, ilm-u fununa harakat qil,  

Boq, nayladilar hikmat ila ushbu jahonni.

 


Yüklə 256,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin