Microsoft Word turkiy guliston ziyouz com doc



Yüklə 256,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/74
tarix12.01.2022
ölçüsü256,56 Kb.
#113779
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   74
Abdulla Avloniy. Turkiy Guliston yoxud axloq

 

XAVF VA RAJO 

 

Xavf va rajo deb qo’rqmoq va umidvor bo’lmoqni aytilur. Banda har ishda janobi Haqdan 



qo’rqmoq ila barobar umidini ham uzmaslik lozimdur. Chunki janobi Haqdan qo’rqg’an inson hech 


Turkiy Guliston yoxud axloq. Abdulla Avloniy 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

21

narsadan qo’rqmas. Har vaqt janobi Haqning lutf va marhamatiga umid ko’zlarini tikub turar. Xavf va 



rajo shunday bir yaxshi sifatdurki, bu xislatni o’ziga hamroh qilgan kishi eng fozil, hech narsadan 

qo’rqmaydurgan sher tabiatli, arslon yurakli bo’lur. Hazrati Ibrohim alayhissalomni Namrud otashka 

tashlay deb turgan zamonda: «Yo Ibrohim! Siz meni bu haroratli otashimdan qo’rqmazsiz-mi?» – 

demish. Hazrat Ibrohim: «Ey zolim! Alloh taolodan qo’rqg’an kishi Namrudning otashidan qo’rqarmi?» 

– demishlar. 

 

Hech kishidan qo’rqmag’ay tangrisidan qo’rqg’an kishi  



Otasha yondursalar, bo’lgay umid birla ishi.

 

 



Dunyoda umiddan yaxshi narsa yo’qdur. Hamma insonlar umid orqasida yasharlar. Noumid 

shaytondur, umidsiz kun kechurmak mumkin emasdur. Boylar mol umidida, shogirdlar ilm umidida 

kecha-kunduz tirtishurlar. Agar boylik, olimlik umidi bo’lmasa edi, kecha-kunduz jonlarini fido qilub, 

ko’zlarining nurlarini umid orqasida to’kmas edilar. 

 

Umid gar o’lmasaydi, hech hayota qiymat o’lmazdi,  



Nizom-u, intizom-u tarbiyat ham davlat olmazdi.  

Jahon ayvoni bo’yla ziynatoro bo’lmag’ay erdi,  

Hukumat, taxt-u, baxt-u sa’y birlan g’ayrat o’lmazdi.

 


Yüklə 256,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin