Microsoft Word turkiy guliston ziyouz com doc



Yüklə 256,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/74
tarix12.01.2022
ölçüsü256,56 Kb.
#113779
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   74
Abdulla Avloniy. Turkiy Guliston yoxud axloq

 

XAYRIXOHLIK 

 

Xayrixohlik deb nima ila bo’lsa bo’lsun bir-birimizga foyda yetkurmakni aytilur. Xayrixohlik bir-



birimizga qarshu ishla-tiladurgan bir vazifayi insoniyadurki, kishi o’z nafsiga loyiq ko’rmagan bir ishni 

boshqa bir musulmon qarindoshiga munosib ko’rmasdan egri yo’llardan, yomon ishlardan kuch 

yetganicha qaytarmak va yordam qilmak lozimdur. Janobi Haq insonlarni birini digarining yordamiga 

muhtoj qilub yaratmishdur. Shuning uchun yer yuzidagi insonlar zamonaning qurgan nizom va qonuni 

uzra biri ikkinchisining yordami ila umr o’tkarur. Bir kishi har qancha boy va e’tiborli bo’lsa ham, hech 

vaqt muhtojlik balosidan qutulolmas. 

 

Hammolning og’ir bo’lsa yuki, mehnati ortur,  



Har kimki ulug’ bo’lsa, bo’lur kulfati oson.

 

 



Boy faqirga, faqir boyga, muallim shogirdga, shogird muallimga, ota-ona farzandga, farzand ota-

onaga muhtojdur. Shuning ushun har kim o’z ustiga yuklangan vazifasini to’g’rilik va xayrixohlik ila 

ado qilmak lozimdur. Shariatda imonlik kishilarga dunyo rohati va oxirat saodati uchun qo’ldan 

kelgancha milliy xizmat va yordam qilmak vojibdur. 

Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam afandimiz: «Alloh taologa imon 

keturdikdan so’ngra, amallarning afzali bandalar bir-birlariga muhabbat etmakdur» – demishlar. 

 

Xayrixohlik xolisona bo’lmasa bekordur,  



Manfaat yo’q aylagan nazr-u niyozingdan sani,

 

Bir ko’ngilni shod qilmak ne’mat, ihson ila,  



Yaxshidur har damda ming rak’at namozingdan sani.

 


Yüklə 256,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin