Microsoft Word turkiy guliston ziyouz com doc



Yüklə 256,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/74
tarix12.01.2022
ölçüsü256,56 Kb.
#113779
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   74
Abdulla Avloniy. Turkiy Guliston yoxud axloq

 

MUNISLIK 

 

Munislik deb har kim o’z tengi, maslakdoshini topub, ulfat bo’lmakni aytilur. Dunyoning lazzati 



sodiq do’stlar ila suhbat qilmakdan iboratdur. 

Ilmi axloq yuzasidan chin do’st va yori sodiq ila ulfat qilmak lozimdur. Chunki ba’zi kasallarning 

yuqishi bo’lganga o’xshash nodon va ahmoq kishilarning urf-u odatlari va yomon xulqlarining ta’siri, 

siroyati yuqushi muqarrardur. Ba’zi do’st suratida ko’rinmish ikki yuzlama, munofiq, dushmanlar ham 

ko’p bo’lurlar. Shuning uchun har bir kishiga sinamasdan, bilmasdan do’stlik qilmak, sir aytmak zo’r 



Turkiy Guliston yoxud axloq. Abdulla Avloniy 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

23

aqlsizlikdur. Chin do’st bo’lgan kishi boshingga kulfat va qayg’u kelgan vaqtlarda san ila barobar 



qayg’urur. Xotirangdagi qayg’uni bo’lushub olur. Siringni noahil va nodon kishilarga aytmas, aybingni 

orqangdan so’ylamasdan yuzingga aytur. Shodlik vaqtingda sanla barobar shodlanur. Yolg’on 

do’st sandan bir foyda umidida yoki o’z boshiga kelgan zararni qaytarmak uchun munofiqona do’stlik 

qilur. Siringni noahil kishilarga so’zlab, qadr va e’tiboringni poymol qilur. Bunday kishilarga do’st 

bo’lmakdan do’stsiz yaxshiroqdur. 

 

Yaxshi do’st aybi yor-u do’stini  



Ko’zgudek ro’baro’sida so’zlar.

 

Yomon o’rtoq tarog’cha ming til ila  



Orqadan birmalab terib so’zlar.

 


Yüklə 256,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin