Microsoft Word turkiy guliston ziyouz com doc



Yüklə 256,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/74
tarix12.01.2022
ölçüsü256,56 Kb.
#113779
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   74
Abdulla Avloniy. Turkiy Guliston yoxud axloq

 

MUHABBAT 

 

Muhabbat deb bir narsani suymakni aytilur. Dunyodagi insonlar mehr va muhabbat soyasida 



yasharlar. Har bir ishni muhabbat orqasida ishlarlar. Muhabbatsiz kishi hech bir ishni ishlamakka 

g’ayrat va jasorat qilolmas, dunyo ne’matidan lazzat ololmas. Agar bir shogird ilm va muallimni 

suymasa, ishtaha ila o’qimasa, maqsudiga yetolmas. Ye r yuzidagi insonlarni urushma, taloshmalarga 

qovushdurgan, siynalarini dushman o’qiga nishona qildurgan narsa din va millatlarning, vatan va 

davlatlarning muhabbatidur. Kishini kecha va kunduz tindurmasdan qul kabi mehnat va 

mashaqqatlarga ko’krak berub ishlatadurgan narsa vatan va bola-chaqalarning mehr-u muhabbati 

emasmi? Qush yaxshi ko’rgan donasiga qiziqub, tuzoqg’a ilinub qolg’oni kabi inson suyukli narsasiga 

boylanub, asir bo’lub qolmog’i tabiiydur. 

Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam afandimiz: «O’z nafsing uchun qaysi 

narsani suyar esang, shul narsani boshqa kishiga ham suy», yana «Ota muhabbatini saqla! Agar san 

otag’a bo’lg’an muhabbatni uzsang, Alloh taolo sani har turli fayzlardan mahrum qilur», – demishlar. 

 

Muhabbatlik bahorning kuz husuli hech oz o’lmas,  



Muhabbatsiz kishining ko’ngli qishdur,asli yoz o’lmas.

 

Suyub ilm-u funun tahsil edan uchgay havolarga,  



Qayu baxti qaro johil qolur, dasti daroz o’lmas.

 


Yüklə 256,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin