ADOLAT
Adolat deb boshqalarning mol va nomusini rioya qilmakni aytilur.
Adolat yaxshi xulqlarning foili, zulmning muqobilidur. Adolat va marhamatli kishilar o’ziga loyiq
ko’rmagan bir ishni o’zgalarga ravo ko’rmas. Kishi adolat va insoniyat vazifasini yolg’uz o’zi buzuq
ishlardan saqlanmak ila ado qilolmas, balki o’zi ila barobar jinsdoshlarining xato va fanoliqlarini
tuzatmak va yaxshi yo’lga sa’y qilmak ila ado qila bilur. Adolatni rioya qilgan kishilar hech bir kishiga
jabr-u zulmni xohlamas va jonli narsalarga bekorga ozor bermas. Aql va shariatga muvofiq ravishda
harakat qilur. Jabr-u zulm ila boshqalarning dilini ozor qilgan kishilarning yoqalari jazo qo’lidan
qutulolmas. Zero, janobi Haqning adolati zolimlarning jazo va sazosini bermakdadur. Rasuli akram
sallollohu alayhi vasallam afandimiz: «Alloh rizosini istar esangiz, bolalaringiz haqqinda ham adolat
qilingiz! Yana, mazlum kishining duosindan kofir ham bo’lsa saqlaningiz! Chunki mazlumning duosi
doimo maqbuldir» – demishlar. Har bir millatning taraqqiy va taoliysi, davlat va hukumatlarning uzun
yashamog’i adolatga bog’lidur. Adolatdan ayrilgan podshohlarning davlatlari yo’q bo’lub, tarix
sahifalarida faqat ismlari qolganligi hammaga bilgulidur.
Turkiy Guliston yoxud axloq. Abdulla Avloniy
www.ziyouz.com кутубхонаси
24
Adl o’lsa podshohing, oyog’ ostida palos,
Boshingda bo’lgusidur oning toji barqaror.
G’olib bo’lurga chiqsa, agar yengidan qo’li,
Bo’lg’ay nasib gardanig’a hiyladan tumor.
Dostları ilə paylaş: |