Adabiyot o‘qitish metodikasining fan sifatida taraqqiy etishida jadidlarning xizmati



Yüklə 1,2 Mb.
tarix10.12.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#138908
406- GURUH HOSHIMJONOVA

Adabiyot o‘qitish metodikasining fan sifatida taraqqiy etishida jadidlarning xizmati

Reja: 1. Adabiyot o‘qitish metodikasi fan sifatida 2. Fanning shakllanish tarixi 3. Adabiyot oʻqitish metodikasi fani shakllanishida jadidlarning xizmati

Adabiyot o‘qitish metodikasi fanining tarixi haqida gapirib shuni aytish mumkinki, dunyo miqyosida og‘zaki va yozma adabiyot paydo bo‘lgandan buyon uni inson ruhiyatiga ta’sir qila oladigan darajaga yetkazish asosiy muammolardan biri bo‘lib kelmoqda.

Xususan, o‘zbek adabiyotini o‘qitish nazariyasi hamda metodikasi tarixi haqida gapirilarkan, uni yaqin-yaqinlargacha ham, asosan, Oktyabr inqilobi bilan bog‘liq holda talqin va targ‘ib etilganini ta’kidlab o‘tish joiz. Aslida, turkiy xalqlarda adabiyot o‘qitish bilan bog‘liq masalalar juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Bu muammoning boshi O‘rxun-Enasoy yodgorliklarida o‘z aksini topgan, deyish mumkin. Adabiyot va badiiy so‘zning mohiyatiga kirish masalalari Sharq xalqlari, jumladan, o‘zbek xalqi hayotida har doim juda katta ijtimoiy-ma’naviy ahamiyatga ega bo‘lib kelgan.

Adabiyot o‘qitish metodikasi fani o‘tmishdagi boy tajribalarni o‘rganish asosida hozirgi zamon maktablaridagi adabiyot o‘qitish jarayonini umumiylashtiradi. Adabiy asarni o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan dastlabki qaydlar Avesto, O‘rxun-Enasoy yodgorligida uchraydi. Buyuk mutafakkirlarimiz ta’lim-tarbiya, o‘qituvchi xususida alohida to‘xtab o‘tishgan.

Adabiyot o‘qitish ishiga o‘tgan asr boshlarida alohida e’tibor qaratildi. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon kabi shoir va yozuvchilar o‘zbek xalqining ma’rifatli bo‘lishi ma’naviy kamolotning asosi ekanini nazarda tutib izlandilar, yangicha mazmundagi asarlar yaratishga kirishdilar.

Avloniy shoir, nosir, dramaturg, publisist va mudarris sifatida shuhrat qozonadi. U dastlabki milliy darslik va qo‘llanmalar muallifi hamdir. Toshkentdagi dastlabki usuli jadid maktablarining tashkil etilishi Avloniy (1904) nomi bilan bog‘liq. Uning Mirobod (1907-1908), Degrez mahallalarida (1909) maktab ochganligi yaxshi ma’lum. Muhimi, u mazkur maktablar uchun zarur bo‘lgan darsliklarni ham yaratadi. "Birinchi muallim", "Ikkinchi muallim", "Turkiy Guliston yoxud axloq", "Maktab gulistoni" shular jumlasidandir. B.Qosimov uning o‘z davrida bosilmay qolgan "Uchinchi muallim", "Maktab jug‘rofiyasi", "Hisob masalalari" darsliklarini ham ko‘rsatgan edi.

Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919) metodika tarixida ham tegishli iz qoldirgan yirik siymolardan biri. Behbudiy Turkiston jadidchilik harakatining rahbaridir. U jadidlar harakatining dasturini tuzdi va matbuotda e’lon qildi. Asr boshlarida Behbudiyning Arabiston, Turkiya safarlarida bo‘lishi, Orenburg, Qozon, Moskva, Peterburg shaharlariga borishi, u yerlardagi ta’lim tizimi bilantanishishi, davlat boshqaruv tizimini o‘rganishi uning dunyoqarashida chuqur iz qoldirdi. Natijada "Bolalar uchun kitob", "Rusiyaning qisqacha geografiyasi", "Aholi jug‘rofiyasiga kirish" kabi qo‘llanmalari vujudga keldi. Samarqandda "usuli savtiya" maktabini ochdi.

* Hamza Hakimzoda Niyoziy maktablar uchun "Yengil adabiyot", "O‘qish kitobi", "Qiroat kitobi"ni yozdi. Eng muhimi, Hamza o‘z kitoblarini osondan murakkabga o‘tish asosida tuzdi. *Ilg‘or fikrli ziyolilar Turkiston maktablarida ta’limning yangi tartibini amalga oshirish uchun kurashdilar. Natijada ta’limda yangi turdagi "usuli savtiya" maktablari yuzaga keldi. Bu maktablarda ona tili (o‘zbek tili) asosiy o‘quv fani sifatida o‘qitildi. Ta’lim jarayonida izohlash (sharhlash) usulidan foydalanildi. Shunga ko‘ra, adabiyotda bu ta’lim "izohli o‘quv" degan nomni oldi.

Fitratning "Adabiyot qoidalari" asari faqat adabiyot nazariyasiga oid kitobgina bo‘lib qolmasdan, ayni paytda adabiyotshunoslikka oid darslik hamda metodikaga doir qo‘llanma sifatida ham baholanishi mumkin.

Abdurahmon Sa'diyning "Saboq tuzugi" (1920) dasturida ham maktabda o‘rganilishi lozim bo‘lgan asarlar nomi aniq ko‘rsatilmadi, adabiy material tanlash o‘qituvchiga topshirildi. "Adabiy o‘qish" termini 1921-yil dasturi nashr etilgan vaqtdan boshlab maktab hayotida mustahkamo‘rin egalladi. Adabiy o‘qishda asarni g‘oyaviy-badiiy tahlil qilish asosiy o‘rinni egallaydi, ya’nihar bir asar butun holda o‘rganiladi. Ammo material tanlash masalasi hal qilinmadi.

Asarlar g‘oyaviy-badiiy, estetik mazmuniga qarab emas, davrga qarab tanlangan edi. *1924-yildan 1929- yilgacha o‘tgan davr ichida Elbekning "Namuna" (1 -IV qism, 1925), Fitratning "Adabiyot qoidalari", "O‘zbek adabiyoti darslari" (1925) kitoblari yaratildi.

* Xayrullaxon Said Nosir o‘g‘li Mirzo (Mirzo Ho‘qandiy) (1880-1943) ham bir necha yo‘nalishlarda ish olib borgan ma'rifatparvarlardan biridir. U yangi usuldagi maktablar ochishda tashabbus va faollik ko‘rsatgan, o‘zi shu maktablarda dars bergan, maktab qoshida kutubxona va nashriyot tashkil etgan. Boshqa tillardagi darsliklarni o‘zbek tiliga o‘girgan, o‘zi ham "Gulshani Mirzo", "Gulshani xayol" nomlari bilan darsliklar yaratgan. Bolalarning aqliy imkoniyatlarini oshirish, ularning zehnini o‘stirish maqsadida "Jumboq majmuasi"ni tuzgan. Majmuadan topishmoqlar o‘rin olgan.


Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin