VIQOR
Viqor deb kibr va g’ururdan, manmanlikdan o’z nafsini saqlamakni aytilur. Viqor shar’ va hikmat
yuzasidan inson uchun eng kerakli yaxshi xulqlarning biridur. Viqorsiz odam e’tiborsiz boyga, kibrli
kishi illatli faqirga o’xshaydur. Har kimning qadr va e’tibori nafsining viqori ila o’lchanur. Vuqur kishilar
kibr va g’ururga aslo yaqin yurmaslar. Chunki g’urur, manmanlik, takabburlik kishini xor, xalq orasida
bee’tibor qilur, har qancha ilm va davlat sohibi bo’lsa ham, bir pulcha qadr va qiymati bo’lmas. «Mani
bilursanmi? Munday qilurman, unday saxovat qilurman», – deb o’zini-o’zi maqtamoqlik, riyokorlik, zo’r
ayb va viqorsizlikdur.
Viqorli kishi yomon xulqlardan pok, adolatli, ishida, so’zida to’g’ri, shafqat va marhamatli, o’z
dindoshlariga xayrixoh, millat foydasiga tirtishuvchi, sof qalbli, arslon yurakli bo’lur. Hazrati Ali:
«Vuqur kishi kibr va g’ururdan pok bo’lur. Viqor odamgar-chilikning madori, iftixori, insoniyatning
homiyi e’tiboridur. Lekin viqorning haqiqiy darajasiga yetmak uchun ilm va ma’rifat lozimdur», –
demishlar.
Afsus bu zamonda biz m e’tibor yo’q,
Yosh-u qarida g’ayrat-u, nomus-u or yo’q.
Fisq-u fujur ila giriftor barcha jon,
Ilmi amalda bizda sabot, viqor yo’q.
O’tmoqda umr hoyi havas birla bar havo,
Millat g’amini o’ylag’uvchi hushyor yo’q.
Dostları ilə paylaş: |