2. Shoirning yana qanday janrlardagi asarlarini bilasiz?
3. O‗zbek adabiyotida Furqat hayotiga o‗xshash yana qanday shoirlarni
bilasiz?
4. Turfakim tasviri la‘ling murdalarg‗a jon berur, Yo‗q erur, jono, ajab bo‗lsa
Masiho surating‖ baytida qanday badiiy san‘atlar qo‗llanilgan?
5. ―Sayding qo‗yaver sayyod, sayyora ekan mendek‖ misrasi bilan
boshlanuvchi musaddasida qanday ruh, kayfiyat uetakchilik qiladi?
6. She‘rda qaysi obrazlar ishtirok etmoqda? Ularga ta‘rif bering.
7. ―О‗z yorini topmasdan ovora ekan mendek‖ misrasini sharhlang. Nima
uchun shoir sayd – ohuni o‗ziga o‗xshatyapti?
8. Sayd obrazi faqat ovlangan ohuni ifodalaydimi yoki ramziy ma‘nosi
bormi?
9. Sayyod obraziga munosabat bildiring. U kimning timsolini gavdalantiradi?
10. Lirik qahramon sizda qanday taassurot qoldirdi? Ohuga munosabatiga
ko‗ra uni o‗zingizga yaqin sezyapsizmi?
Yuqoridagi savol va topshiriqlar orqali o‗quvchilarning bilimini va
dunyoqarashini aniqlab olish mumkin bo‗ladi.
|